🔴AIFUda chet tili o'qituvchilari uchun "Yozgi maktab".

2024-yil 6-iyun kuni, 📚 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (https://t.me/AIFU2022)da chet tillarni oʻqitishning yangi davrdagi zamonaviy metodlari haqida seminar-trening boʻlib oʻtdi.
Universitet rektori Gʻolibjon Botirov tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda Silk Road Research Academy rahbari Azamat Akbarov, universitetning professor-oʻqituvchi va talabalari ishtirok etdi.  
Anjuman davomida, Azamat Akbarov hozirgi vaqtda chet tillari oʻqituvchilar uchun muhim boʻlgan bir qancha sifat va koʻnikmalar, shuningdek, zamonaviy ta’lim usullari haqida ma’ruza qildi. 
Tadbirda ishtirokchilar til ta’limidagi so’nggi tendensiyalar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega boʻlishdi hamda talabalarni ilhomlantirish va jalb qilish uchun amaliy strategiyalarni o’rganishdi. 
Trening yakunida, chet tili oʻqituvchilari hamda tilshunoslik boʻyicha bakalavr, magistratura va doktorantura talabalari uchun yozgi maktab tashkil etishga kelishib olindi.

 

DIQQAT! AIFUda QABUL BOSHLANDI!
 

☎️ Call markaz: +998951502222, +998785552121

✈️ Telegram orqali murojaat: @aifu_admin

📍 Manzil: Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi

🗺 Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi
(Litsenziya 055982-son, 28.12.2022y)

Telegram   Instagram   Youtube   Facebook

08.06.2024
116