🔴2026 yil 8 fevral kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan o’tkazilgan Respublika bo‘yicha yuqori sinf maktab o‘quvchilari hamda kollej/litsey o‘quvchilari o‘rtasida AIFU matematika olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🏆Birinchi bosqichda 56 va undan yuqori ball to‘plagan 159 ta o’quvchi keyingi bosqichga taklif qilingan edi. Yakuniy bosqichda 50 nafar o’quvchi o‘z bilimlarini sinab ko‘rish uchun yetib kelishdi. Sinov natijalariga ko‘ra quyidagi 5 nafar o’quvchi g‘olib deb topildi:
1-o‘rin (3 400 000 so’m): Anvarov Javohir Chorshanbiyevich – Surxandaryo viloyati Termiz shahri 14-maktab;
1-o‘rin (3 400 000 so’m): Ostonov Baxtiyor Botirovich – Buxoro viloyati Qorako’l IMI;
2-o‘rin (2 900 000 so’m): Hasanov Ikrom Sanjarbek oʻgʻli – Qashqadaryo viloyati G’uzor tumani 68-maktab;
2-o‘rin (2 900 000 so’m): O’ralov Elshod Saidmurod o’g’li – Surxandaryo viloyati Termiz shahar 14-maktab;
3-o‘rin (2 400 000 so’m): Raxmonov Ziyovuddin Akram o’g’li – Sirdaryo viloyati Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Guliston filiali.
2-bosqich umumiy natijalar: bu yerda
Yozma ish yechimlari: bu yerda
👍Pul mukofotlaridan tashqari, Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga quyidagi tartibda grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo’lishdi:
1-o‘rin — 100% grant
2-o‘rin — 50% grant
3-o‘rin — 30% grant
Barcha g‘olib o’quvchilarni tabriklaymiz.
☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121