O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari bilan AIFU o‘rtasida amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari bilan AIFU o‘rtasida amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Kelishuvlarga ko‘ra:
🔹 AIFU talabalari agentlik tizimida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🔹 Surdo tarjimonlik yo‘nalishida hamkorlik dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
🔹 Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar uchun “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etiladi.
🔹 Ko‘zi ojiz fuqarolarni call-markazlarga ishga joylashtirish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi.
🔹 Til o‘rgatish dasturlari orqali imkoniyati cheklangan yoshlarning bandligi va raqobatbardoshligi oshiriladi.

AIFU uchun ta’lim — bu nafaqat bilim berish, balki jamiyat bilan birga ishlashdir.

✅ Universitetimiz ijtimoiy mas’uliyatli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121