2026-yil 22-fevral kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan tashkil etilgan Respublika miqyosidagi Tarix fani olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

#olimpiada #tarix

2026-yil 22-fevral kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan tashkil etilgan Respublika miqyosidagi Tarix fani olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🏆 Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar universitetimizning Qorasaroy o‘quv binosida jamlanib, test sinovlari orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi o‘quvchilar g‘olib deb topildi:

G‘oliblar ro‘yxati:
1. Toshkent viloyati, Angren shahri Angren ixtisoslashgan maktabi; Davlataliyev Behruz Dilshod o’g’li (6 000 000 so’m va 100% grant)

2. Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani 57-umumta’lim maktabi; Maxmadiyorov Baxrom Javlon o’g’li (5 000 000 so’m va 50% grant)

3. Toshkent viloyati, Bekabod tumani «Progress and Result» xususiy maktabi; Faziljanov Jalol Mansur o’g’li (4 000 000 so’m va 25% grant)

Barcha g‘olib o‘quvchilarni, ularning ota-onalari va ustozlarini ushbu yutuqlar bilan tabriklaymiz!

2-bosqich umumiy natijalar: bu yerda

☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121