Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti delegatsiyasi Sabahattin Zaim Üniversitesi Texnokentiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida:
— AIFU talabalari uchun texnopark rezident kompaniyalarida amaliyot o‘tash;
— Professor-o‘qituvchilar uchun sanoat korxonalarida stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
— Qo‘shma innovatsion loyihalar va startap hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur hamkorlik talabalarning nazariy bilimlarini amaliy loyihalar va texnologik muhit bilan uyg‘unlashtirish, professor-o‘qituvchilarning amaliy tajribasini oshirish hamda universitet–sanoat integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
📌 Maqsadimiz — ta’lim, ilm va amaliyotni birlashtirgan zamonaviy ekotizim yaratish.
⚡️ AIFU — raqobatbardosh, innovatsion va xalqaro hamkorlikka ochiq universitet sifatida yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda.
☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121