Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti oʻz faoliyatini boshladi

Universitet bosh binosi

Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti oliy taʼlim muassasasi sifatida litsenziyaga ega boʻldi va talabalar qabul qilishni boshladi.

Universitetning asosiy maqsadi ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligini taʼminlash orqali ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlanish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirishdan iborat.

Eʼtiborlisi, universitet professor-oʻqituvchilar tarkibi 100 foiz ilmiy salohiyatga ega.

Mazkur universitetga vakolatli davlat organi tomonidan litsenziya berilgan va bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplomi beriladi va diplomi davlat oliy taʼlim muassasalari qatori Oʻzbekistonda va boshqa mamlakatlarda 100 foiz tan olinadi.

Litsenziya

Bugungi kunda universitetda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha qabul davom etmoqda:

Ta’lim yo‘nalishlari

Chet tilini bilish sertifikati talab qilinmaydi.

Taʼlim jarayonlari eng qulay sharoitlarda, zamonaviy metodlar asosida kunduzgi, sirtqi va kechki shakllarda olib boriladi.

Universitet kampusida talabalar uchun zamonaviy-innovatsion jihozlar bilan toʻliq taʼminlangan kutubxona, kompyuter laboratoriyasi, oʻquv zallari, sport majmuasi tashkil qilingan.

Universitet taʼlim yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha shartnoma miqdorlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://t.me/AIFU2022/13

Shoshiling. Universitet oʻz talabalarini kutmoqda!

Qoʻshimcha maʼlumot uchun:

Telefon: +99895 150 22 22

+99899 150 22 28

Onlayn hujjat topshirish: https://aifu.uz/Admission, https://aifu.uz/Admission

Universitet veb-sayti: https://aifu.uz, https://aifu.uz

Manzil: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Toshkent xalqa yoʻli koʻchasi

Moʻljal: AUTOGRAPH avtosaloni