🔴 Xushxabar: Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida davlat granti 20 taga yetdi!

AIFUda Davlat grantida ham tahsil olishingiz mumkin.

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan o‘rinlarning oliy ta’lim tashkilotlari kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga matematika (5 ta),  dasturiy injiniring (5 ta), sun'iy intellekt (5ta) va logistika (5ta) yo‘nalishlari uchun jami 20 ta kvota ajratildi.

Bu qanday kvota?
Ushbu 20 ta grant kvotasi Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti matematika, dasturiy injiniring, sun'iy intellekt va logistika yo'nalishi talabalari o'rtasida o'tkaziladigan sinovlarda eng yuqori natijalarni qo'lga kiritganlarga beriladi. Ya'ni davlat ularning kontraktlarini to’lab beradi.

Eslatib o'tamiz: Universitetning 150 ta GRANTI ham e'lon qilingan va ayni damda qabul davom etmoqda!

Hujjat topshirish uchun:

Veb-sayt orqali: qabul.aifu.uz
Telegram bot orqali: Bot

Murojaat uchun:
+998785552121 | @aifu_admin

📍Manzil
📄Litsenziya (№325310)

30.07.2024
1082