2024 yil 17-sentabr kuni ta’minot zanjiri boshqaruvi bo‘yicha keng ko‘lamli bilim va tajribaga ega mutaxassis Salihov Sohibxon tomonidan Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining "Logistika" fakulteti faoliyatiga batafsil baho berildi. U fakultetni ishga tushirishdan oldin ta'lim jarayonini yaxshilash maqsadida muhim tavsiyalar va zaruriy o‘zgarishlar bo‘yicha takliflarni taqdim etdi. Sohibxonning ta'kidlashicha, ta’minot zanjiri boshqaruvi, raqamli texnologiyalarni joriy etish, amaliy mashg‘ulotlar va stajirovkalarni kengaytirish hamda barqaror logistika masalalariga e’tibor qaratish kelajakdagi mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, u xalqaro standartlar asosida ta’lim dasturlarini boyitish, zamonaviy tahliliy vositalar va ERP tizimlari (SAP, Microsoft Dynamics) bo‘yicha malaka oshirish zarurligini ta'kidladi. Mazkur takliflar fakultetning ta’lim sifatini oshirish va uni global talablarga moslashtirishga qaratilgan bo‘lib, fakultetni muvaffaqiyatli ishga tushirishda muhim qadam sifatida baholandi.

Hujjat topshirish uchun:

Veb-sayt orqali: qabul.aifu.uz
Telegram bot orqali: Bot

Murojaat uchun:
+998785552121 | @aifu_admin

📍Manzil

18.09.2024
121