🔴«Zakovat» ning bahorgi mavsumi o’z nihoyasiga yetdi.

📆 29-may kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti  tomonidan yo’lga qo’yilgan “Zakovat” ning Talabalar Ligasi  Bahorgi mavsumining so’nggi o’yini bo'lib o'tdi.  Ushbu bahslarda universitet rektori G’olibjon Botirov, Yoshlar Ittifoqi Toshkent viloyati kengashi raisi Muhriddin Hamzayev, universitet mas’ullari hamda beshta ta’lim yo’nalishi jamoalari ishtirok etdi. Musobaqani universitet rektori G’olibjon Botirov kirish so’zi bilan ochib berdi va jamoalarga omad tiladi.
Bir-biridan qiziqarli savollarga boy bo’lgan bellashuv yakunida bahorgi mavsum g’oliblari aniqlandi.

 🏆Yakuniy natijalarga ko’ra:
1-o'rin «Filologlar» jamoasi 
2-o'rin «Psixologlar» jamoasi
3-o'rin «Iqtisodchilar» jamoalariga nasib etdi.

Turnir yakunida, bugungi tur o’yinlari g’olibi bo’lgan jamoalar Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi hamda universitet rahbariyatining esdalik sovg’alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, «Tungi mutolaada rektor bilan bir xil kitob o‘qiymiz» loyihasida faollik ko’rsatgan «Psixologlar» jamoasi universitet rektori G’olibjon Botirovning maxsus sovg’asi bilan taqdirlandi.

 

DIQQAT! AIFUda QABUL BOSHLANDI!

 

☎️ Call markaz: +998951502222, +998785552121

✈️ Telegram orqali murojaat: @aifu_admin

📍 Manzil: Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi

🗺 Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi
(Litsenziya 055982-son, 28.12.2022y)

Telegram   Instagram   Youtube   Facebook

 

29.05.2024
183