🔴 AIFU magistrantlari Amaliy san’at muzeyiga tashrif buyurishdi. 

🔴Aniq va Ijtimoiy Fanlar Universiteti (https://t.me/AIFU2022) magistrantlari professor Jamila Djumabayeva boshchiligida Toshkent shahridagi Amaliy san’at muzeyiga tashrif buyurishdi. Bu tashrif magistrlar uchun nafaqat bilimlarini kengaytirish, balki san’at va madaniyat bilan yaqindan tanishish imkonini ham berdi.
Amaliy san’at muzeyi Oʻzbekistonning boy madaniy merosini oʻzida aks ettirgan. U yerda ming yillik tarixga ega boʻlgan san’at asarlari, jumladan, kulolchilik, yogʻoch o‘ymakorligi, to‘qimachilik va zargarlik buyumlari kabi osori atiqalar bor. Magistrantlar muzey ekspozitsiyalarini katta qiziqish bilan tomosha qilib, ularning har birining yaratilish tarixi va texnologiyalari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo'lishdi.
📚Tashrif davomida magistrantlar turli san’at turlarining rivojlanish bosqichlari bilan tanishib, ularning madaniy va tarixiy ahamiyatini anglab yetishdi, amaliy san’atning sir-asrorlari, uning rivojlanish tarixi va zamonaviy tendensiyalari haqida qimmatli yangi bilimlarga ega bo'lishdi.
 

DIQQAT! AIFUda QABUL BOSHLANDI!

 

☎️ Call markaz: +998951502222, +998785552121

✈️ Telegram orqali murojaat: @aifu_admin

📍 Manzil: Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi

🗺 Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi
(Litsenziya 055982-son, 28.12.2022y)

Telegram   Instagram   Youtube   Facebook

03.06.2024
171