📚AIFUda o'quv yili yakunlandi: faollar taqdirlandi.

📆 2024-yil 11-iyun kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida 2023-2024 o‘quv yili davomida o‘zining faolligi, ilm-fan va ijtimoiy hayotdagi yutuqlari bilan tengdoshlariga namuna bo‘lgan talabalarni taqdirlash hamda o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan marosim bo'lib o‘tdi. 
🎉Tadbirni ochilish qismida universitet rektori G‘olibjon Botirov so‘zga chiqib, o‘quv yili davomida erishgan yutuqlari, qilgan mehnatlari va faolliklari uchun barcha talabalarga rahmat aytdi. Rektor talabalarni nafaqat ilmiy sohada, balki ijtimoiy hayotda ham o‘zini ko‘rsatib, universitet obro‘sini oshirishga katta hissa qo‘shganliklarini ta’kidladi. Shundan so’ng, so’zga chiqqan universitetning mutasaddi xodim va professor-o’qituvchilari talabalar uchun bu kabi tadbirlardagi e’tiroflar juda zarurligi, ular o‘z mehnatlari, yutuqlari uchun taqdirlanganida talabalar yanada ko‘proq yutuqlarga erishishga harakat qilishini aytib o‘tishdi.
🎁Tadbir davomida o'quv yilida o‘zining faolligi bilan ajralib turgan eng faol va iqtidorli talabalar turli yo‘nalishlar bo‘yicha e’tirof etildi hamda ular universitet rahbariyatining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Marosim yakunida barcha talabalarga omad va muvaffaqiyat tilanib, kelgusi o‘quv yilida ham shunday yutuqlarga erishishlariga tilakdosh bo'lindi.

 

DIQQAT! AIFUda QABUL BOSHLANDI!
 

☎️ Call markaz: +998951502222, +998785552121

✈️ Telegram orqali murojaat: @aifu_admin

📍 Manzil: Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi

🗺 Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi
(Litsenziya 055982-son, 28.12.2022y)

Telegram   Instagram   Youtube   Facebook

 

11.06.2024
131