Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining «Yashil universitet» dasturi

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti atrof-muhitni muhofaza qilish hamda barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiq holda “Yashil universitet” tashabbusini izchil amalga oshirib kelmoqda. Ushbu dastur doirasida universitet hududida ekologik muhitni yaxshilash, yashil infratuzilmani rivojlantirish va tabiatga ehtiyotkor munosabatni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Universitetimiz Indoneziyada joylashgan UI GreenMetric xalqaro reytingida ishtirok etib, TOP–1000 talik oliy ta’lim muassasalari qatoridan joy oldi hamda 2023-yilda 917-o‘rinni egalladi. Ushbu natija oliy ta’lim muassasamizda ekologik barqarorlik, yashil infratuzilma va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qaratilayotgan e’tibor samarasi hisoblanadi.

GreenMetric reytingi haqida batafsil:  https://greenmetric.ui.ac.id

AIFU talabalari “Green Tech Hackathon”da 3-o‘rinni egalladi!

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida InnoWeek doirasida “yashil” texnologiyalar musobaqasi bo‘lib o'tdi. Faxr bilan e’lon qilamiz: Chirchiq o'quv binosi Turizm yo‘nalishi talabalari — Bobokulova Sabina va Sayfiddinova Sheroza AIFU nomidan ishtirok etib, 3-o‘rinni egalladi! 🏅 Talabalarimiz 10 000 000 so‘mlik pul mukofoti va tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan esdalik sovg‘alariga ega bo‘lishdi. AIFU universiteti ularning bu muvaffaqiyatidan faxrlanadi va kelgusidagi yutuqlarida ulkan zafarlar tilaydi!

Batafsil

📅 Sana: 15.03.2025

Jizzax viloyatining Jizzax shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig’ilishi, Jizzax politexnika instituti hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida “Bu bog’lar bir bog’lar bo’ladi…!” ostida marafon bo'lib o'tdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori G’olibjon Botirov Isroilovich ham ushbu tadbirda ishtirok etib, mevali daraxtlar ekib, yurtimiz yashillashishi uchun o'z hissasini qo'shdi.

Batafsil

📅 Sana: 04.05.2024

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — Abdulla Sher, Abdunabi Boyqo‘ziyev va Fozil Jabborov Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlar universitet hududi, kutubxona va o‘quv infratuzilmasi bilan tanishdi, talabalar bilan ijodiy muloqot olib bordi. 🌱 Tadbir yakunida ijodkorlar universitet rektori G‘olibjon Botirov hamda talabalar bilan birgalikda ramziy tarzda daraxt ekishdi. Ushbu tashabbus ilm-ma’rifatga bo‘lgan e’tibor, tabiatga mehr va kelajak avlod oldidagi mas’uliyat timsoli sifatida e’tirof etildi. 🌳 Bu ezgu tashabbus yoshlar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish hamda yashil muhitni rivojlantirishga xizmat qiladi.

📅 Sana: 23.10.2023

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hududida ekologik muhitni yaxshilash va obodonlashtirish maqsadida archa, pavlovniya, sasna hamda boshqa turdagi manzarali daraxtlar ekish ishlari amalga oshirildi. Mazkur tadbir universitetda “Yashil universitet” dasturi doirasida olib borilayotgan tizimli ekologik tashabbuslarning muhim qismi bo‘lib, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va barqaror rivojlanish tamoyillarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

Kategoriya topilmadi.