"Kelajakka qadam" — yoshlarning bandligini ta’minlash, ular uchun zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiya qilishni maqsad qilgan respublika dasturi bo‘lib, Prezidentning 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori asosida amaliyotga joriy etilgan. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti ushbu dastur doirasida “O‘zmilliybank” AJ huzuridagi “Kelajakka qadam” markazi bilan rasmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Mazkur hamkorlik bitiruvchi talabalar, yosh mutaxassislar va mehnat bozoriga kirib borayotgan talabalarga keng imkoniyatlar yaratadi.
BatafsilAniq va ijtimoiy fanlar universiteti ekologik barqarorlik, yashil infratuzilma va atrof-muhitni asrash yo‘nalishida respublika va xalqaro miqyosda faol ishtirok etayotgan oliy ta’lim muassasalaridan biridir. Universitetda amalga oshirilayotgan barcha tashabbuslar “Yashil universitet” konsepsiyasiga asoslanib, barqaror rivojlanish tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Batafsil
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) talabalarning o‘qishdagi muvaffaqiyatlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning moliyaviy yukini yengillashtirish maqsadida turli moliyaviy yordam shakllarini taqdim etadi. Ijtimoiy yordam dasturlari - qiyin moliyaviy sharoitga ega bo‘lgan talabalar uchun qo‘shimcha moddiy yordam va maslahat xizmatlari ko‘rsatiladi. talabalar akademik ko‘rsatkichlari, grant va stipendiyalar uchun qo‘llab-quvvatlash, ta’lim to‘lovidan imtiyozlar va stipendiyalar - talabalar akademik ko‘rsatkichlari, ijtimoiy holati yoki sport va ijodiy faoliyatdagi yutuqlariga qarab ta’lim to‘lovidan qisman yoki to‘liq ozod qilinishi mumkin. Shuningdek, yillik yoki semestrlik stipendiyalar beriladi.
AIFU zamonaviy o‘quv binolari va jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalar va o‘qituvchilarga samarali ta’lim olish imkonini beradi. Auditoriyalar, kompyuter xonalari, kutubxona va yuqori tezlikdagi internet orqali o‘quv jarayoni uchun zarur barcha infratuzilma va texnik vositalar mavjud. Talabalar bu imkoniyatlardan foydalanib, bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni oshirish imkoniga ega.
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) abituriyentlarni bakalavriat va magistratura dasturlariga o‘qishga taklif etadi.
AIFU universiteti har bir talabaga o‘ziga ishonch, kuchli bilim va jamiyatga foydali bo‘lish yo‘lini beradi.