Boxonov Zafar Saydimaxmudovich
Qabul kunlari: Seshanba 10:00-12:00, payshanba 13:00-15:00
Telefon: +99878 555 21 21
Elektron pochta: zafarbohonov@gmail.com
Biografiya:
1987 yil 3 dekabrda Namangan viloyati, Chust tumani, Olmos qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ona tili – O‘zbek tili. 1994 yil sentyabr oyida Chust tumanidagi 21 maktabning birinchi sinfiga qabul qilingan. 1999 yilda 21 maktabning 5-sinfini tamomlab, Chust tumanidagi 52 ixtisoslashgan maktabga o‘qishga qabul qilingan. 2005 yili Namangan davlat universitetining “Fizika-matematika” fakulteti matematika yo‘nalishi bakalavriatiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. 2009 yilda universitetni imtiyozli diplom bilan bitirib, O‘zbekiston Milliy universitetining “Geometriya” kafedrasiga magistraturaga qabul qilingan. 2011 yilda magistr diplomini olib, 2011 yilning 2 sentyabridan Namangan davlat universitetining “Matematika” kafedrasi o‘qituvchi lavozimida pedagogik faoliyatini boshlagan. 2020 yil 2 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti stajyor-tadqiqotchi lavozimiga qabul qilingan. 2021 yil 2 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti tayanch doktoranturasiga qabul qilingan. 2023 yilda 01.01.01 – Matematik analiz ixtisosligi bo‘yicha akademik O‘.A.Roziqov rahbarligida “Biologiyada ratsional akslantirishlarning dinamik sistemasi” mavzusidagi PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Hozirgi kunda V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti “Algebra va uning tatbiqlari” laboratoriyasida kichik ilmiy xodim, Aniq va ijtimoiy fanlar uversiteti “Aniq fanlar” kafedrasi dotsent v.v.b. lavozimida ishlab kelmoqda.
Ta’lim:
2005-2009- Namangan davlat universiteti (Bakalavriat)
2009-2011- O‘zbekiston Milliy universiteti (Magistratura)
2021-2023 – V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti (PhD)
Mehnat faoliyati:
2011-2017 – Namangan davlat universitetining “Matematika” kafedrasi o’qituvchisi
2017-2020 – Namangan davlat universitetining “Matematika” kafedrasi katta o‘qituvchisi
2020- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti stajyor-tadqiqotchisi
2021-2023- Toshkent davlat texnika universiteti dotsent v.v.b.
2023-2024- Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv universiteti dotsent v.v.b.
2024 -2025- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti kichik ilmiy xodimi
2026 -h.v- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti katta ilmiy xodimi
2024 -h.v- – Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti dotsent v.v.b.
Loyihalarda ishtiroki:
FL-9524115138 sonli fundamental loyiha- “Sunʼiy intellekt asosida 2-toifa qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlarda yangi toifadagi dorilarning kardioprotektiv samaradorligini bashorat qilish
Xalqaro platformalardagi sahifalari:
Scopus | ORCID | Web of Science | Google scholar | ResearchGate | LinkedIn
Tanlangan maqolalar ro`yxati: