Rektor, fizika-matematika fanlari doktori, professor

Botirov G‘olibjon Isroilovich

Qabul kunlari: Har kuni

Telefon: +99878 555 21 21

Elektron pochta: info@aifu.uz

  • Biografiya
  • Mehnat faoliyati
  • Ilmiy faoliyati

G‘olibjon Isroilovich Botirov – Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

1982-yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kursini, Buyuk Britaniyaning London School of Business Administration oliy biznes maktabida “Strategic Leadership” dasturini tamomlagan.

2023-yildan buyon Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori.

Mukofotlari:
2021 – “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni2021 – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining Faxriy yorlig‘i

Buxoro davlat universiteti – dotsent, kafedra mudiri, prorektor, rektor vazifasini bajaruvchi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti – ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, qo‘shma fakultet dekani, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor.

V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti – direktor o‘rinbosari.

2023-yildan – Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori.

O‘zbekiston Milliy universitetidagi tashabbuslari:
“O‘zbek-Isroil qo‘shma fakulteti”ni tashkil etish tashabbuskorlaridan biri.
Uning tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etilgan.

Davlat dasturlari va ekspertlik faoliyati:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi qarorlari loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etgan:
– 2019-yil 17-iyundagi “2019–2023-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4358-son qarori;
– 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-son qarori;
– 2022-yil 13-yanvardagi “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-82-son qarori.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi huzuridagi Ekspertlar kengashi a’zosi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalariga nomzodlarni saralash tanlovi komissiyasi a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Matematika, fizika va mexanika fanlari” bo‘yicha Ilmiy-texnik kengashda rahbarlik va ekspertlik faoliyatini olib bormoqda.

Xalqaro ilmiy hamkorlik:
Germaniya, Italiya, Isroil, Qatar, Turkiya, Hindiston, Janubiy Koreya va Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi universitetlari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy xizmat safarlarida bo‘lib, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator tashabbuslarni amalga oshirgan.

Uning tashabbusi bilan bugungi kunga qadar 40 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi va 100 nafardan ziyod talaba AQSh, Isroil, Turkiya hamda Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirish, stajirovka va talabalar almashinuvi dasturlarida ishtirok etgan.

 

Xalqaro platformalardagi sahifalari:
Scopus | ORCID | Google scholar | ResearchGate | LinkedIn