Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining filologiya va tillarni o‘qitish (Rus tili) yo‘nalishi rus tilini puxta egallagan, tilni o‘qitish metodikasini biladigan va turli sohalarda samarali ishlay oladigan mutaxassislarni tayyorlaydi.
Filologiya va tillarni o‘qitish (Rus tili) — zamonaviy mehnat bozorida muhim bo‘lgan rus tilini chuqur o‘rgatadigan, metodika va madaniyatni birlashtirgan dastur. Darslar tajribali mutaxassislar bilan kommunikativ yondashuvda o‘tiladi. Maqsadimiz — quruq qoidalar emas, tirik muloqot va amaliy ko‘nikmalar.
Ta’lim shakllari: kunduzgi/kechki.
Ta’lim tili: o‘zbek tili va rus tillarda (amaliy mashg‘ulotlarda rus tili ulushi bosqichma-bosqich oshadi).