Hakimov Otabek Norbo‘ta o‘g‘li
Qabul kunlari: Juma 14:00-16:00
Telefon: +99878 555 21 21
Elektron pochta: khakimovo86@gmail.com
1986 yil 14 dekabrda Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ona tili – O‘zbek tili. 1993 yil sentabr oyida Yangiyer shahar 10-maktabning (keyinchalik 3-maktab deb nomlangan) birinchi sinfiga qabul qilingan. 2002 yilda maktabning 9-sinfini tamomlab, Guliston Davlat universiteti qoshidagi Yangiyer akademik litseyining “Fizika-matematika” guruhiga o‘qishga qabul qilingan. 2005 yilda litseyni imtiyozli diplom bilan bitirib, shu yili O‘zbekiston Milliy universitetining “Mexanika-matematika” fakulteti matematika yo‘nalishi bakalavriatiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. 2009 yilda universitetni imtiyozli diplom bilan bitirib, shu fakultetning “Matematik analiz” kafedrasiga magistraturaga qabul qilingan. 2011 yilda magistr diplomini olib, 2012 yilning 2 yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti aspiranturasiga o‘qishga qabul qilingan. 2019 yilda 01.01.01 – Matematik analiz ixtisosligi bo‘yicha professor O‘.A.Roziqov rahbarligida “Keli graflarda p-adik Gibbs o‘lchovlari” mavzusidagi PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2020 yilda katta ilmiy xodim (dotsent) ilmiy unvoniga ega bo‘lgan. 2022 yilda 01.01.01 – Matematik analiz ixtisosligi bo‘yicha professorlar O‘.A.Roziqov va F.M.Muxamedovlar rahbarligida “Cheksiz o‘lchamli va noarhimed dinamik sistemalarning Gibbs o‘lchovlari nazariyasiga tatbiqlari” mavzusidagi DSc dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Hozirgi kunda V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti “Algebra va uning tatbiqlari” laboratoriyasida yetakchi ilmiy xodim, “akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazida direktor o‘rinbosari, Aniq va ijtimoiy fanlar uversiteti “Aniq fanlar” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.
Ta’lim:
2005-2009- O‘zbekiston Milliy universiteti (Bakalavriat)
2009-2011- O‘zbekiston Milliy universiteti (Magistratura)
2017-2020 – O‘zbekiston Milliy universiteti (PhD)
Mehnat faoliyati:
2005-2009 y.y. – O‘zMU, Mexanika-matematika fakulteti, Matematika yo‘nalishi talabasi (bakalavr)
2009-2011 y.y. – O‘zMU Mexanika-matematika fakulteti magistranti
2012-2013 y.y. – O‘zR FA Matematika va informatsion texnologiyalar instituti aspiranti
2013-2014 y.y. – O‘zMU qoshidagi Matematika instituti katta ilmiy xodim izlanuvchisi
2015-2017 y.y. – O‘zMU qoshidagi Matematika instituti kichik ilmiy xodimi
11.10.2017-31.05.2018 – Birlashgan Arab Amirliklari Universiteti tadqiqotchi-assistenti (Al Ayn, BAA)
05.09.2018-31.12.2018 – O‘zR FA Matematika instituti kichik ilmiy xodimi
01.01.2019-31.12.2022 – O‘zR FA Matematika instituti katta ilmiy xodimi
01.01.2023-h.v. – O‘zR FA Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi
15.02.2023-h.v. – “akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi direktor o‘rinbosari
15.01.2023 – h.v. – Aniq va ijtimoiy fanlar uversiteti “Aniq fanlar” kafedrasi professori
Xorijiy ilmiy, xizmat safarlari:
Malayziya (2014 y., 2015 y.), Birlashgan Arab Amirliklari (2017-2018yy)
Loyihalarda ishtiroki:
2012-2016 yillar Matematika instituti, F4-FА-F013 “Noassotsiativ va operatorlar algebralari, dinamik sistemalar, hamda ularning statistik fizika va populyatsion biologiyaga tatbiqlari” mavzusidagi fundamental loyiha;
2016-2017 yillar Matematika instituti, YoF-4-3+YoF-4-4 “Sanoqli graflarda spin sistemalarning ehtimollik o‘lchovlari va Li algebralarining tasvirlari bilan assotsirlangan Leybnits algebralari” mavzusidagi fundamental loyiha;
2017-2018 yillar Birlashgan Аrab Аmirliklari Universiteti, No. 31S259 “Cheksiz o‘lchamli ortogonallikni saqlovchi kvadratik stoxastik operatorlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha;
2021-2025 yillar Matematika instituti, F-FA-2021-425 raqamli “Panjarali sistemalarda gradiyent ehtimollik o‘lchovlari” nomli fundamental loyiha.
Xalqaro platformalardagi sahifalari:
Scopus | ORCID | Google scholar | ResearchGate | LinkedIn
Tanlangan maqolalar ro‘yxati:
Khakimov O., Phase transitions for countable state 1D SOS model with external field. // Journal of Statistical Mechanics: Theory and Experiment. 2023, (5), 053201.