🎓 Kecha AIFU kampuslarida Olmazor tumani bitiruvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi

Olmazor tumanidagi 196-, 165-, 224-, 185-, 159-, 29-, 191-, 133-, 146-, 134- va 219-maktab bitiruvchilari universitetimizga tashrif buyurib, talabalik muhitini yaqindan his qilishdi.

Tashrif davomida ayrim o‘quvchilar zamonaviy auditoriyalar va kampus hayotiga qiziqish bildirishdi, boshqalari esa xalqaro imkoniyatlar hamda xorijiy hamkor universitetlar haqida batafsil ma’lumot olishdi. Ko‘pchilik uchun bu tashrif universitet tanlash jarayoniga yangicha qarash imkonini berdi.

📌 Ba’zan eng muhim qarorlar aynan ilk tashrifdan boshlanadi.

Agar siz ham AIFU muhitini yaqindan his qilishni istasangiz, universitetimizga tashrif buyurishingiz mumkin:

— AIFU Qorasaroy
— AIFU Chirchiq

Uchrashuvdan esda qolarli lavhalar: Telegram post