Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida “Sport va sog‘lom turmush tarzi — bizning tanlovimiz. Giyohvandlikka esa yo‘q deymiz!” shiori ostida “Yoshlar va sport: intizomli hayot sari qadam” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda yurtimiz sportining faxri — Olimpiya chempioni Fazliddin G‘oibnazarov hamda Olimpiya o‘yinlari sovrindori Ixtiyor Navruzov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida sportchilar talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib borib, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, zararli odatlardan yiroq bo‘lish, sport orqali iroda, intizom va qat’iyatni shakllantirish borasida hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, yoshlarni sportga mehr qo‘yishga, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, sog‘lom va mas’uliyatli hayot kechirish bo’yicha o‘z tavsiyalarini berdilar.
👉 Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar uchun katta motivatsiya bo‘lib, ularning jismoniy va ma’naviy barkamolligini oshirish, sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.