«Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» xalqaro kongressida ishtirok etish imkoniyati

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida tashkil etilayotgan «Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» I xalqaro kongressida oflayn ishtirok etish uchun 10 ta o’rin ajratilgan.

Ilmiy maqolasi bilan qatnashgan talaba va tadqiqotchilar o’z ishlarini xalqaro auditoriyaga taqdim etish, turli mamlakatlardan kelgan olimlar bilan fikr almashish va yangi ilmiy aloqalar o’rnatish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Maqola yo’nalishlari:

  • Madaniy meros va uni asrash
  • Barqaror rivojlanish
  • Atrof-muhit va tabiat
  • Til, adabiyot va san’at
  • Jamiyat va madaniyat
  • An’anaviy bilimlar va innovatsiyalar

Sana: 21–22-oktabr, 2026-yil
Manzil: Baliqesir universiteti, Turkiya

O’rinlar soni cheklangan — jami 10 ta. Ishtirok o’zbek tilida ham mumkin.

Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: https://turkdunyasikongre2026.balikesir.edu.tr/
Qabul – 2026/2027: https://qabul.aifu.uz/auth/select-branch
Telefon: 78 555 21 21

Ijtimoiy tarmoqlar:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt