E’lonlar
Narxoz universitetida (Qozog’iston) 1 semestrlik «Xalqaro munosabatlar» dasturi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talabalariga xalqaro ta’lim imkoniyati! Qozog’istonning Olmaota shahridagi Narxoz universitetida «International Relations» — Xalqaro munosabatlar kursida 1 semestr tahsil olish imkoniyati ochildi. Dastur doirasida 3 nafar AIFU talabasi ishtirok etishi mumkin. Kimlar uchun? AIFUning Iqtisodiyot, Menejment va Turizm yo’nalishlarida tahsil olayotgan 3–4-kurs talabalari. Talablar: IELTS — kamida 7.0 GPA — 4.0 […]
Bu yozda Xitoy iqtisodiyotini darslikdan emas — uning markazidan o’rganing!
Xaynan universiteti AIFU talabalari uchun xalqaro yozgi ta’lim dasturiga taklif etmoqda. 3 hafta davomida Xitoyning erkin savdo porti — zamonaviy iqtisodiy islohotlar aynan amalda sinab ko’rilayotgan hududda bo’lib, Xitoy iqtisodiy modelini o’z ko’zingiz bilan ko’rasiz. Dastur tarkibi: — Xitoy iqtisodiy modeli va islohotlar tarixi bo’yicha darslar — Yetakchi korxona, tashkilot va ilmiy markazlarga tashriflar […]
🎓 Magistratura — karyerangizdagi keyingi katta qadam!
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida magistratura mutaxassisliklari uchun qabul boshlandi! 📌 16 ta istiqbolli magistratura mutaxassisliklaridan birini tanlang — akademik natijalaringizga qarab kontraktning 50% gacha granti asosida o’qish imkonini qo’lga kiriting! ✅ AIFU’da magistratura quyidagi ustunliklarga ega: — Hujjat topshirishda til sertifikati talab qilinmaydi — Fransiyaning European International University bilan lingvistika yo’nalishida 2 diplomli […]
O’zbek tili onlayn kursi — navbatdagi bosqich boshlandi!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti magistranti Nozima Jumayeva tomonidan turkiyalik professor-o’qituvchilar va talabalar uchun onlayn o’zbek tili kursi tashkil etilmoqda. Bu tashabbus universitetimiz va Turkiyadagi hamkor oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikning yangi bir ifodasi — O’zbekiston va Turkiya xalqlarini til va madaniyat orqali yanada yaqinlashtiruvchi muhim qadam. 📌 Kurs tafsilotlari: 📅 Muddati: 30-iyun – […]
“AIFU LANGUAGE CENTER”NING YOZGI “KIDS” GURUHLARIGA QABUL E’LON QILINADI
🎒 “AIFU Language Center” yozgi “Kids” guruhlari uchun 7 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ro‘yxatga olishni boshladi! Bizning kurslarimiz: Mental arifmetika Ingliz tili Rus tili Xitoy tili Nima uchun aynan “AIFU Language Center”? Tajribali va malakali o‘qituvchilar; Tez va samarali o‘rganish metodikasi; Qulay, zamonaviy va xavfsiz o‘quv muhiti; Bir oiladan 2 nafar farzand yoki do‘stlar […]
O‘zbekiston bo‘ylab 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturi davom etmoqda
IT Park Uzbekistan yoshlarga, talabalarga va startap g‘oya egalariga mo‘ljallangan 1 oylik Inkubatsiya dasturini davom ettirmoqda. Dasturning navbatdagi qismi quyidagi hududlarda amalga oshiriladi: 🟢Andijon viloyati 🟢Namangan viloyati 🟢Farg‘ona viloyati 🟢Jizzax viloyati 🟢Sirdaryo viloyati 🟢Toshkent viloyati 🟢Toshkent shahri Kimlar qatnashishi mumkin? — Oliy ta’lim muassasalari talabalari — IT o‘quv markazi tinglovchilari — IT kompaniyalari […]
“Turk Tili Yil Yakuni Tadbiri”ga barchangizni taklif etamiz!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Oxus universiteti hamkorligida tashkil etilayotgan “Turk Tili Yil Yakuni Tadbiri”ga sizlarni taklif etamiz. Tadbir davomida talabalarimizning turk tilidagi bilim va yutuqlari, shuningdek, ular tomonidan tayyorlangan qiziqarli ijodiy hamda madaniy chiqishlar namoyish etiladi. ✨ Ushbu unutilmas uchrashuvda sizni kutib qolamiz! 🗓 Sana: 13-may🕐 Vaqt: 13:00📍 Manzil: Oxus universiteti
🎯 Mehmon ham, vaqt ham, manzil ham tayyor — endi navbat sizda!
📢 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Bank ishi, Buxgalteriya, Iqtisodiyot, Menejment va Moliya yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun ochiq amaliy suhbat tashkil etadi. 🎙 Uchrashuv mehmoni: Xojimurod Tojiboyev — amaliyotchi mutaxassis, ijtimoiy tarmoqlarda @hojimurodhoji_ taxallusi bilan tanilgan. 📅 Sana: 29-aprel (Chorshanba) ⏰ Vaqt: 12:00 📍 Joy: 310-xona Suhbat davomida quyidagi mavzular muhokama qilinadi: 🔹 OTMni […]
🌍 Bir semestr — Amerikada. Bu imkoniyat aynan siz uchun!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti sentyabr oyidan boshlanadigan Lawrence Technological University talaba almashinuv dasturi uchun nomzodlarni ro’yxatga olishni boshladi. ⚡️ Lawrence Technological University — dunyo bo’yicha TOP 5% biznes ta’lim muassasalari qatorida va AACSB akkreditatsiyasiga ega. Bu — yuqori standartdagi ta’lim va global tajriba imkoniyati. 🔹 Qatnashishi mumkin bo’lgan yo’nalishlar: — Iqtisodiyot — Kompyuter injineringi […]
100 000$ gacha investitsiya jalb qilish imkoniyati — AIFU Pitch Day sizni kutmoqda!
AIFU Pitch Day (https://pitch-day.uz/) — Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan tashkil etilayotgan respublika miqyosidagi innovatsion platforma bo‘lib, loyihangizga investitsiya jalb qilish, TOP soha ekspertlari bilan bevosita muloqot qilish hamda tadbirkorlar bilan tanishish imkoniyatini beradi. Kimlar uchun: Startup egalari, dasturchilar, dizaynerlar, AI va texnologiyaga qiziqqan barcha yoshlar (16–40 yosh). 💡 Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar: — $100 […]
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida “Zakovat” intellektual o‘yinlari davom etadi!
Kelgusi hafta universitetimizda o‘zgacha muhit hukm suradi. Milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan bayramona kayfiyat va yulduzli shoular oldidan sizni intellektual bellashuvga chorlaymiz. 🗓 8-aprel (Chorshanba) 🕐 13:30 📍 310-xona 🎉 Yaqinlashib kelayotgan bahoriy Navro‘z sayillari oldidan bu o‘yinlar haftadagi bayram tadbirlariga munosib kirish bo‘ladi. Ro’yxatdan o’tish uchun 👉 Barcha talaba-yoshlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Universitetimizda katta sport bayrami — “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” start olmoqda!
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida talabalar o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ning 1-bosqichi — universitet bosqichi bo’lib o’tadi. 🏆 Sport yo‘nalishlari va o‘tkazilish sanalari: 🏐 Voleybol — 3–4 aprel ⚽️ Futbol — 6–7 aprel 🏀 Basketbol 3×3 — 8–9 aprel 🏓 Stol tennisi — 13–14 aprel 🏃♂️ Yengil atletika — 15 aprel 🕑 Barcha musobaqalar belgilangan […]
E’lon
📌 3-kurs sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun darslar 13-aprel, soat 14:00 da boshlanadi. Quyidagi yo‘nalishlar uchun: — 60410100 – Iqtisodiyot; — 60220300 – Tarix; — 60310300 – Psixologiya; ☎️ Axborot markazi: +99878-555-21-21
Harbin Engineering University’da yozgi Xitoy tili kursi!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talabalari hamda Xitoy tilini o‘rganishni istagan barcha uchun ajoyib imkoniyat. Harbin Engineering University yozgi dasturiga qabul boshlandi! Dastur imkoniyatlari: • Xitoy tili kursi — boshlang‘ichdan yuqori darajagacha • Zamonaviy o‘qitish uslublari • Xalqaro muhitda amaliy tajriba • Qisqa muddatda til ko‘nikmalarini mustahkamlash Grant quyidagilarni o‘z ichiga oladi: — Bepul yotoqxona; […]
Temurbek Adhamov bilan jonli ochiq uchrashuv
Najot ta’lim, Robbit va Osmondagi bolalar loyihalari asoschisi Temurbek Adhamov Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida mehmon ma’ruzachi sifatida o‘z tajribasi bilan bo‘lishadi. Tadbirda qatnashish bepul, lekin joylar soni cheklangan. Shu bois hoziroq pastdagi havola orqali ro’yxatdan o’tib joyingizni band qiling! 👉 Ro’yxatdan o’tish 📅 Sanasi: 27-mart, 14:00 📍Manzil: Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti, Qorasaroy o’quv […]
Zamonaviy tilshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari muhokama qilinadi!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tashabbusi bilan 2026-yil 17-aprel kuni xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Tilshunoslik, tarjimashunoslik va lingvodidaktika yo‘nalishlarida ilmiy izlanish olib borayotganlar uchun ochiq platforma bo‘lib, unda yetuk olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin. 📌 Konferensiya yo‘nalishlari: • Zamonaviy tilshunoslikning yangi tendensiyalari; • Chet tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar; • […]
Pekinga 10 kunlik o‘quv-amaliy safar
Dastur Xitoydagi hamkorimiz — Beijing Institute of Economic Management bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Siz nafaqat universitet darslarida qatnashasiz, balki xalqaro ta’lim muhitini ichidan his qilib, o‘zingizni shu tizimda sinab ko‘rasiz. Dastur davomida professional ma’ruzalar, marketing va elektron tijorat yo‘nalishidagi seminarlar, shuningdek xitoy tili va madaniyatiga oid amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. 🎁 Akademik qism bilan bir […]
AIFU sizni yana bir bor an’anaviy Respublika matematika olimpiadasiga chorlaydi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti respublika bo‘yicha 10–11-sinf maktab o‘quvchilari va kollej/litsey o‘quvchilari uchun matematika fanidan olimpiada o‘tkazadi. 🗓 Olimpiada sanalari: Saralash bosqichi — 5-aprel, onlayn saralash (https://olimpiada.aifu.uz/) Final bosqichi — 12-aprel (AIFU universitetida) 🏆 Mukofot jamg‘armasi: G‘oliblarni 15 000 000 so‘mlik pul mukofoti kutmoqda. Shuningdek, 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari universitetda ta’lim olish uchun […]
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida “Kiber jinoyatchilikdan saqlanish va uni oldini olish omillari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.
Mehmon — Olmazor tumani IIO FMB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni oldini olish bo‘limi boshlig‘i, mayor Yarmatov Sherzod Xayitbayevich bo‘lib, uchrashuv davomida kiberxavfsizlikka oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi. 🗓 18-mart (Chorshanba) ⏰ 12:00 📍 310-xona Suhbat davomida: 🔹 kiber jinoyatchilikning zamonaviy ko‘rinishlari 🔹 internet firibgarligidan himoyalanish usullari 🔹 shaxsiy ma’lumotlarni asrash choralari 🔹 kiberxavfsizlik […]
AIFU Tarix fani olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi!
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Respublika miqyosida o‘tkazilgan Tarix fani olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. ✅ Eng kuchli uchlikka pul mukofotlari va universitetda o‘qish uchun grantlar topshirildi: 1. Toshkent viloyati, Angren shahri Angren ixtisoslashgan maktabi; Davlataliyev Behruz Dilshod o’g’li (6 000 000 so’m va 100% grant) 2. Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani 57-umumta’lim maktabi; Maxmadiyorov […]
Tanlov
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida «Miss AIFU-2026» tanlovi saralash bosqichi bo’lib o’tadi! – Tanlov shartlari (shartni baholash mezoni); Ro’yxatdan o’tish: Bu yerda Oxirgi muddat: 20-mart, juma, soat 18:00 ga qadar 💐 Tanlov har yili o’tkaziladi va g’olib rektor tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, «Miss AIFU-2026» nomi hamda «AIFU Toji» sohibasiga aylanadi.
🎓 International Scientific Conference on Mathematical Analysis and Dynamical Systems
The official Information Letter for the upcoming international scientific conference on «Mathematical Analysis and Dynamical Systems» has been released. The conference is organized jointly by V.I. Romanovsky Institute of Mathematics, University of Exact and Social Sciences and OXUS University. This conference aims to bring together leading scholars, researchers, and young scientists to discuss modern developments […]
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida «Ma’rifatli avlod – Vatan suyanchi» mavzusida adabiy-badiiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida «Ma’rifatli avlod – Vatan suyanchi» mavzusida adabiy-badiiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi Mehmon – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Xalqaro dunyo yozuvchilari uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” va «Turksoy» medallari sohibi, shoira – Farog‘at Xudoyqulova 🗓 13-mart ⏰ 12:00 📍 310-xona 👉 Bizni kuzatishda davom eting.
14-mart Pi kuni: matematika ixlosmandlari uchun maxsus festival bo’lib o’tadi
📌 Matematika festivali doirasida quyidagi ilmiy ma’ruza va master-klasslar tashkil etiladi: “Pi soni: g‘ildirakdan koinotgacha” – Butun jahon fanlar akademiyasi a’zosi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi O‘tkir Roziqov tomonidan ilmiy ma’ruza. Master-klass (maktab o‘qituvchilari uchun) Abduvohidov Azamat – SAT imtihonida uchraydigan masalalarni yechish strategiyalari va tayyorgarlik metodikasi. Master-klass (maktab o‘quvchilari uchun) Mo‘minov Alisher – Murakkab […]