AIFUda imo-ishora tili bo’yicha master-klass o’tkazildi

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida professional imo-ishora tili tarjimoni va ekspert E’zoza Ahmedova ishtirokida master-klass tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar imo-ishora tilining asoslari, samarali muloqot usullari, professional tarjimon faoliyati va inklyuziv muhit yaratishda uning ahamiyati bilan tanishdilar.

Master-klassning amaliy davomi sifatida AIFUda kelgusida imo-ishora tili bo’yicha muntazam o’quv kurslarini yo’lga qo’yish rejalashtirilmoqda.
Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — talabalarda yangi ko’nikmalarni shakllantirish bilan birga, universitetda yanada ochiq va inklyuziv muloqot muhitini rivojlantirish.

Ijtimoiy tarmoqlar:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt