Mehmon — Olmazor tumani IIO FMB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni oldini olish bo‘limi boshlig‘i, mayor Yarmatov Sherzod Xayitbayevich bo‘lib, uchrashuv davomida kiberxavfsizlikka oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi.
🗓 18-mart (Chorshanba)
⏰ 12:00
📍 310-xona
Suhbat davomida:
🔹 kiber jinoyatchilikning zamonaviy ko‘rinishlari
🔹 internet firibgarligidan himoyalanish usullari
🔹 shaxsiy ma’lumotlarni asrash choralari
🔹 kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish masalalari haqida so‘z yuritiladi.
👉 Bugungi tahdidlarga qarshi eng kuchli vosita — bu ogohlikdir.