University College London professori Federico M. Federici AIFUga kelmoqda!
UCL Tarjimashunoslik markazi direktori, favqulodda vaziyatlarda tarjima va xalqaro muloqot bo’yicha mutaxassis. Yangi Zelandiya Qizil Xochi bilan ko’ngilli tarjimonlarni tayyorlash ustida ishlagan.
Muhim axborotni tarjima qilishda xatoga yo’l qo’ymaslik, insonlar ishonchini saqlash va texnologiyalardan foydalanish — uning ICTS 2026 (7th International Conference on Translation Studies) dagi ma’ruzasi shu masalalarga bag’ishlanadi.
16dan ortiq mamlakatdan, 150 nafar ishtirokchi tashrif buyuradi. Xalqaro tajribani o’rganish va sohangiz vakillari bilan tanishish uchun siz ham keling!
26-sentyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida bo’lib o’tadigan xalqaro konferensiyada qatnashing! Oflayn yoki onlayn shaklda, ishtirok etish — bepul.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt