Narxoz universitetida (Qozog’iston) 1 semestrlik «Xalqaro munosabatlar» dasturi

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talabalariga xalqaro ta’lim imkoniyati!

Qozog’istonning Olmaota shahridagi Narxoz universitetida «International Relations» — Xalqaro munosabatlar kursida 1 semestr tahsil olish imkoniyati ochildi.

Dastur doirasida 3 nafar AIFU talabasi ishtirok etishi mumkin.

Kimlar uchun?
AIFUning Iqtisodiyot, Menejment va Turizm yo’nalishlarida tahsil olayotgan 3–4-kurs talabalari.

Talablar:

  • IELTS — kamida 7.0
  • GPA — 4.0 dan yuqori

Bu dastur sizga xalqaro akademik muhitda o’qish, yangi tajriba orttirish va kelajakdagi faoliyatingiz uchun muhim aloqalar yaratish imkonini beradi.

Ariza topshirish va batafsil ma’lumot olish uchun AIFU Xalqaro aloqalar bo’limiga murojaat qiling. Atigi 3 ta o’rin — ulardan biri sizniki bo’lishi mumkin.

Bog’lanish uchun: @Shavkatova_Mahliyo

Qabul – 2026/2027: https://qabul.aifu.uz/auth/select-branch
Telefon: 78 555 21 21

Ijtimoiy tarmoqlar:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt