Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón ICTS 2026 bosh ma’ruzachisi

AI tarjima qilayotgan davrda mutaxassis nimasi bilan ustun bo’ladi?

Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón — ICTS 2026 (7th International Conference on Translation Studies) bosh ma’ruzachisi!

U 2001-yildan beri tarjima texnologiyalari bo’yicha magistratura dasturiga rahbarlik qiladi, sohaga ixtisoslashgan Tradumàtica ilmiy jurnalining bosh muharriri.

Ma’ruzasida uchta dolzarb masalani yoritadi:

  • AI davrida tarjimonning vazifasi qanday o’zgaradi?
  • Endi qaysi ko’nikmalar zarur?
  • Tarjimonlarni qanday o’qitish kerak?

Tarjimonlar, til o’qituvchilari va tadqiqotchilar — kasbingiz kelajagiga doir muhokamaga qo’shiling!

Xalqaro konferensiya 26-sentyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida bo’lib o’tadi! Oflayn va onlayn shaklda, ishtirok etish — bepul.

Ijtimoiy tarmoqlar:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt