AIFU matbuot xizmati

Çankırı Karatekin Universiteti bilan hamkorlik yangi bosqichda!

Avval xabar berganimizdek, AIFU va Turkiyaning Çankırı Karatekin Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. 🔥 Mazkur hamkorlikning davomi sifatida — Çankırı Karatekin Universiteti rektori, Prof. Dr. Mevlüt Karataş boshchiligidagi delegatsiya Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga tashrif buyurdi! 🎓 Mehmonlar universitetimiz faoliyati va ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv davomida: • qo‘shma dasturlar; • talabalar almashinuvi; […]

Batafsil
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti katta o‘qituvchisi Zoxidov Abdulla Alimjonovich Shveytsariyada bo‘lib o‘tadigan European Youth Summit 2026 xalqaro forumiga Partially Funded Delegate sifatida qabul qilindi.

Jeneva, Shveytsariya | 5–8-iyun, 2026-yil Mazkur xalqaro sammit dunyoning turli davlatlaridan yosh liderlar va sun’iy intellekt mutaxassislarini bir maydonga jamlaydi. Quvonarlisi, universitetimiz vakili xalqaro saralash natijalariga ko‘ra ushbu nufuzli forumning grant asosidagi ishtirokchisi sifatida tanlandi. ✅ Ushbu yutuq universitet jamoasi uchun muhim xalqaro natijalardan biridir. ☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121

Batafsil
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalari davom etmoqda!

Navbatdagi bellashuvlar futbol sport turi bo‘yicha o‘tkazildi. Unda universitetimizning sportsevar talaba-yoshlari hududiy bosqich yo‘llanmasi uchun maydonda qizg‘in va murosasiz bahslarda ishtirok etdilar. ✍️Musobaqalar jarayonida jamoalarning faolligi, g‘alabaga bo‘lgan intilishi hamda sportga bo’lgan muhabbati alohida namoyon bo‘ldi. ⚡️Olimpiada doirasidagi boshqa sport turlari bo‘yicha bahslar ham belgilangan muddatlarda davom etadi. 📸 Musobaqadan olingan yorqin suratlar bu yerda: […]

Batafsil
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti professor-o‘qituvchilari Turkiyada qisqa muddatli malaka oshirish dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdilar

Mazkur dastur Balıkesir University bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, kasbiy almashinuv va xalqaro tajriba integratsiyasiga xizmat qildi. Safar davomida ustozlarimiz zamonaviy ta’lim metodikalari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining boy akademik tajribalarini turkiyalik hamkasblar va talabalar bilan faol ulashdilar. 📑 Ushbu tashrif ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, innovatsion yondashuvlar va mustahkam xalqaro akademik aloqalarning […]

Batafsil
AIFU da xalqaro texnologiya brokerlari treningi bo’lib o’tdi

Xitoy–O‘zbekiston hamkorligi doirasida tashkil etilgan ushbu dastur texnologiyalarni tijoratlashtirish, ilmiy ishlanmalarni bozorga olib chiqish va xalqaro hamkorlik mexanizmlarini o‘rganishga qaratilgan. Bugungi darsning birinchi qismi yakunlandi. Talabalarimiz texnologiya transferi, intellektual mulk va xalqaro texnologiya almashinuvi bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqda. Darslar Xitoyning nufuzli tashkiloti — Xinjiang High-Tech Talent Operation Management Co., Ltd. tomonidan olib borilmoqda. Yakunda […]

Batafsil
100 000$ gacha investitsiya jalb qilish imkoniyati — AIFU Pitch Day sizni kutmoqda!

AIFU Pitch Day (https://pitch-day.uz/) — Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan tashkil etilayotgan respublika miqyosidagi innovatsion platforma bo‘lib, loyihangizga investitsiya jalb qilish, TOP soha ekspertlari bilan bevosita muloqot qilish hamda tadbirkorlar bilan tanishish imkoniyatini beradi. Kimlar uchun: Startup egalari, dasturchilar, dizaynerlar, AI va texnologiyaga qiziqqan barcha yoshlar (16–40 yosh). 💡 Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar: — $100 […]

Batafsil
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talabasi respublika tanlovida sovrindor boʻldi

🔴Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talabasi Oygul Komilova “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi respublika insholar tanlovida faxrli 2-oʻrinni egallab, 6 mln soʻm pul mukofotini qoʻlga kiritgan edi. Bugun esa Oygul Komilova «Mirzo Ulug‘bek vorislari» maqolalar va insholar tanlovining respublika bosqichida faxrli 3-o‘rinni egallab, 3 mln so‘m pul mukofotini ham qo‘lga kiritdi. 🎉Oygul […]

Batafsil
Universitetimizda katta sport bayrami — “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” start olmoqda!

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida talabalar o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ning 1-bosqichi — universitet bosqichi bo’lib o’tadi. 🏆 Sport yo‘nalishlari va o‘tkazilish sanalari: 🏐 Voleybol — 3–4 aprel ⚽️ Futbol — 6–7 aprel 🏀 Basketbol 3×3 — 8–9 aprel 🏓 Stol tennisi — 13–14 aprel 🏃‍♂️ Yengil atletika — 15 aprel 🕑 Barcha musobaqalar belgilangan […]

Batafsil
E’lon

📌 3-kurs sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun darslar 13-aprel, soat 14:00 da boshlanadi. Quyidagi yo‘nalishlar uchun: — 60410100 – Iqtisodiyot; — 60220300 – Tarix; — 60310300 – Psixologiya; ☎️ Axborot markazi: +99878-555-21-21

Batafsil
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talabasi respublika tanlovida ishtirok etmoqda

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Komilova Oygul Vohidjon qizi “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida insholar tanlovining respublika bosqichida ishtirok etmoqda. Komilova Oygul Vohidjon qiziga tanlovning respublika bosqichida omad va zafarlar tilab qolamiz.

Batafsil
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida “Miss AIFU–2026” tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📌 Tanlovda ishtirok etayotgan nomzodlar belgilangan nizom va mezonlar asosida komissiya tomonidan baholanmoqda. Saralash yakunlariga ko‘ra, komissiya xulosasi asosida eng munosib ishtirokchilar tanlovning yakuniy final bosqichiga yo‘llanma oladi. Mazkur tanlov talaba-yoshlarning nafaqat bilimi, balki odob-axloqi, bilim salohiyati, ijodkorligi va sahna madaniyatini namoyon etishiga xizmat qiladi. 🔥 Kimlar finalga chiqadi? 🔥 Kim “Miss AIFU–2026” tojiga yaqinlashadi? […]

Batafsil
Zamonaviy tilshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari muhokama qilinadi!

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tashabbusi bilan 2026-yil 17-aprel kuni xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Tilshunoslik, tarjimashunoslik va lingvodidaktika yo‘nalishlarida ilmiy izlanish olib borayotganlar uchun ochiq platforma bo‘lib, unda yetuk olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin. 📌 Konferensiya yo‘nalishlari: • Zamonaviy tilshunoslikning yangi tendensiyalari; • Chet tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar; • […]

Batafsil
Pekinga 10 kunlik o‘quv-amaliy safar

Dastur Xitoydagi hamkorimiz — Beijing Institute of Economic Management bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Siz nafaqat universitet darslarida qatnashasiz, balki xalqaro ta’lim muhitini ichidan his qilib, o‘zingizni shu tizimda sinab ko‘rasiz. Dastur davomida professional ma’ruzalar, marketing va elektron tijorat yo‘nalishidagi seminarlar, shuningdek xitoy tili va madaniyatiga oid amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. 🎁 Akademik qism bilan bir […]

Batafsil
AIFU sizni yana bir bor an’anaviy Respublika matematika olimpiadasiga chorlaydi

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti respublika bo‘yicha 10–11-sinf maktab o‘quvchilari va kollej/litsey o‘quvchilari uchun matematika fanidan olimpiada o‘tkazadi. 🗓 Olimpiada sanalari: Saralash bosqichi — 5-aprel, onlayn saralash (https://olimpiada.aifu.uz/) Final bosqichi — 12-aprel (AIFU universitetida) 🏆 Mukofot jamg‘armasi: G‘oliblarni 15 000 000 so‘mlik pul mukofoti kutmoqda. Shuningdek, 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari universitetda ta’lim olish uchun […]

Batafsil
English Speaking Countries & Hawaii — an inspiring online seminar!

Our students joined a seminar by Canadian professor Jason, gaining valuable insights into English-speaking countries, culture, and the IELTS system. The session inspired students to improve their English through real interaction with a native speaker. ⚡️ Sometimes, one piece of advice can change everything

Batafsil
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida “Kiber jinoyatchilikdan saqlanish va uni oldini olish omillari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

Mehmon — Olmazor tumani IIO FMB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni oldini olish bo‘limi boshlig‘i, mayor Yarmatov Sherzod Xayitbayevich bo‘lib, uchrashuv davomida kiberxavfsizlikka oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi. 🗓 18-mart (Chorshanba) ⏰ 12:00 📍 310-xona Suhbat davomida: 🔹 kiber jinoyatchilikning zamonaviy ko‘rinishlari 🔹 internet firibgarligidan himoyalanish usullari 🔹 shaxsiy ma’lumotlarni asrash choralari 🔹 kiberxavfsizlik […]

Batafsil
14-mart — Pi kuni munosabati bilan Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida matematika ixlosmandlari uchun Matematika festivali bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi O‘tkir Roziqov “Pi soni: g‘ildirakdan koinotgacha” mavzusida ilmiy ma’ruza qilib, Pi sonining ilm-fan va koinotni tushunishdagi ahamiyati haqida qiziqarli fikrlar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, festival doirasida: 🔹 Azamat Abduvohidov — SAT imtihonidagi masalalarni yechish strategiyalari bo‘yicha (o‘qituvchilar uchun) 🔹 Mo‘minov Alisher — murakkab matematik masalalarni tez va aniq yechish usullari bo‘yicha […]

Batafsil
AIFU Tarix fani olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi!

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Respublika miqyosida o‘tkazilgan Tarix fani olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. ✅ Eng kuchli uchlikka pul mukofotlari va universitetda o‘qish uchun grantlar topshirildi: 1. Toshkent viloyati, Angren shahri Angren ixtisoslashgan maktabi; Davlataliyev Behruz Dilshod o’g’li (6 000 000 so’m va 100% grant) 2. Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani 57-umumta’lim maktabi; Maxmadiyorov […]

Batafsil
Xalqaro ta’lim dasturi: 3 ta bakalavr diplomi

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Xitoyning hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda 1+3 xalqaro ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ydi. 1 yil — Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida, 2 yil — Jiangsu Vocational Institute of Commerce institutida, 1 yil — Nanjing Normal University of Special Education universitetida tahsil oladilar. ⚡️ O‘qishdan so‘ng talabalar Xitoyda 1 yil amaliyot […]

Batafsil
Tanlov

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida «Miss AIFU-2026» tanlovi saralash bosqichi bo’lib o’tadi! – Tanlov shartlari (shartni baholash mezoni); Ro’yxatdan o’tish: Bu yerda Oxirgi muddat: 20-mart, juma, soat 18:00 ga qadar 💐 Tanlov har yili o’tkaziladi va g’olib rektor tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, «Miss AIFU-2026» nomi hamda «AIFU Toji» sohibasiga aylanadi.

Batafsil
AIFU va Selçuk University o‘rtasida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Turkiyaning yirik oliy ta’lim muassasalaridan biri — Selçuk University bilan Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘rtasida dastlabki hamkorlik muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi: — Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi; — Qo‘shma ilmiy grantlar va tadqiqot loyihalari; — Magistratura uchun qo‘shma ilmiy rahbarlik; — Xalqaro konferensiya va akademik tadbirlarni birgalikda o‘tkazish. Yakunda Selçuk University […]

Batafsil
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti – CBU Challenge tanlovida TOP-10 talikda!

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tashkil etilgan “CBU Challenge” makroiqtisodiy intellektual tanlovining saralash bosqichida Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti respublika bo‘yicha 139 ta jamoa orasida OTMlar reytingida 9-o‘rinni egalladi. Tanlovda universitet nomidan “AIFU ANALYTICS” jamoasi ishtirok etdi. Keyingi musobaqalarda bundan ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 👏 Jamoamizni ushbu natija bilan tabriklaymiz ☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121

Batafsil
Hurmatli universitetimizning qadrli talaba-qizlari, ustoz va professor-o‘qituvchi ayollarimiz hamda fidoyi xodimalarimiz!

Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Oliy ta’lim dargohida sizlarning bilimga intilishingiz, fidoyiligingiz va mas’uliyatingiz universitetimiz rivoji hamda yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. ✨ Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat va faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, G‘olibjon Botirov Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori

Batafsil
O‘zbekiston texnologik ekotizimida navbatdagi qizg‘in poyga o‘z nihoyasiga yetdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan tashkil etilgan respublika miqyosidagi UzTech Hackathon 2026 g‘oliblari aniqlandi.

O‘zbekiston texnologik ekotizimida navbatdagi qizg‘in poyga o‘z nihoyasiga yetdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan tashkil etilgan respublika miqyosidagi UzTech Hackathon 2026 g‘oliblari aniqlandi. Dasturchilar, dizaynerlar va AI ishqibozlarini birlashtirgan ushbu tanlov shunchaki musobaqa emas, balki yosh startapchilar uchun yirik investitsiya va netvorking maydoniga aylandi. 🏆 G‘oliblar bilan tanishing: Uzoq davom etgan saralash va final […]

Batafsil