O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi O‘tkir Roziqov “Pi soni: g‘ildirakdan koinotgacha” mavzusida ilmiy ma’ruza qilib, Pi sonining ilm-fan va koinotni tushunishdagi ahamiyati haqida qiziqarli fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, festival doirasida:
🔹 Azamat Abduvohidov — SAT imtihonidagi masalalarni yechish strategiyalari bo‘yicha (o‘qituvchilar uchun)
🔹 Mo‘minov Alisher — murakkab matematik masalalarni tez va aniq yechish usullari bo‘yicha (o‘quvchilar uchun) master-klasslar o‘tkazdi.
Tadbir matematika ixlosmandlari uchun ilmiy muloqot, tajriba almashish va yangi bilimlar olishga boy bo‘ldi.
Tez kunda universitetimizning YouTube platformasida matematika festivalini to’liq holda taqdim etamiz!
