Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tashabbusi bilan 2026-yil 17-aprel kuni xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Tilshunoslik, tarjimashunoslik va lingvodidaktika yo‘nalishlarida ilmiy izlanish olib borayotganlar uchun ochiq platforma bo‘lib, unda yetuk olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin.
📌 Konferensiya yo‘nalishlari:
• Zamonaviy tilshunoslikning yangi tendensiyalari;
• Chet tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar;
• Madaniyatlararo muloqot va lingvomadaniyat;
• Tarjimashunoslikning dolzarb masalalari.
🎁 Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar:
• Bepul ishtirok va maqolalarni chop etish;
• Konferensiya materiallari (PDF) universitet saytida e’lon qilinadi;
• Elektron sertifikat;
• Maqolalar Google Scholar va CrossRef bazalarida indekslanadi.
— Tezislar qabuli: 2026-yil 10-aprelgacha
— Ishchi tillar: o‘zbek, rus va ingliz
⭕️ Axborot xati bilan tanishish: havola ustiga bosing
Onlayn qatnashish: zoom havolasi
Konferensiya identifikatori: 383 641 8273
Kirish kodi: 1
Tezislar qabuli va bog’lanish uchun
📥 Telegram: @aifu_philology
📄 E-mail: shahloaliyeva1999@gmail.com, mohigulturdialiyeva.9802@gmail.com
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi 341A (xarita (http://loc.aifu.uz/))
☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121