Xalqaro ta’lim dasturi: 3 ta bakalavr diplomi

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Xitoyning hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda 1+3 xalqaro ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ydi.

1 yil — Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida,
2 yil — Jiangsu Vocational Institute of Commerce institutida,
1 yil — Nanjing Normal University of Special Education universitetida tahsil oladilar.

⚡️ O‘qishdan so‘ng talabalar Xitoyda 1 yil amaliyot yoki stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Quyidagi bakalavriat yo’nalishlari uchun amal qiladi:

– Amaliy Matematika;
– Matematika;
– Dasturiy injiniring;
– Sun’iy intellekt;
– Iqtisodiyot;
– Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
– Bank ishi;
– Menejment;
– Buxgalteriya hisobi;
– Logistika;
– Turizm va Mehmondo‘stlik;

Talabalarimiz Xitoyda o‘qish davrida bepul turar joy bilan ta’minlanadi. Chet elda o‘qish davomida kontrakt miqdori o‘zgarmaydi va AIFU kontrakti asosida davom etadi. Ushbu imkoniyat davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalar uchun ham amal qiladi.

‼️ Dastur universitetimizning birinchi kurs talabalari uchun mo‘ljallangan. Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish muddati 19-martgacha.

📑 Batafsil ma’lumot uchun hoziroq telegramdan bog’laning: @China_programm