Asosiy kontentga o‘tish

Abituriyentlarga

Qabul 2027–2028

Dasturni tanlang, talablarni tekshiring va onlayn ariza topshiring.

Intellektual olimpiada ishtirokchilari

Qabul 2027–2028

Sizning yo‘lingiz AIFU’dan boshlanadi

31 ta yo‘nalish, o‘zbek, rus va ingliz tillarida ta’lim. Hujjatlar qabul.aifu.uz orqali onlayn qabul qilinadi.

Qorasaroy kampusidagi o‘quv xona

Qabul raqamlarda

Litsenziyalangan yo‘nalish
31Litsenziyalangan yo‘nalish
Ta’lim tili: o‘zbek, rus, ingliz
3Ta’lim tili: o‘zbek, rus, ingliz
Kampus: Toshkent va Chirchiq
2Kampus: Toshkent va Chirchiq
Talaba
5000+Talaba

Abituriyent yo‘li

Qabul ketma-ketligi — 5 qadam

  1. 1

    Yo‘nalishni tanlang

    Saytda o‘zingizga mos ta’lim yo‘nalishini toping va kontrakt narxlari bilan tanishing.

  2. 2

    Ariza topshiring

    Hujjatlaringizni qabul.aifu.uz saytida onlayn topshiring.

  3. 3

    Tasdiqni kuting

    Ariza 24–48 soat ichida ko‘rib chiqiladi va mos bo‘lsa, imtihonga taklif qilinasiz.

  4. 4

    Imtihondan o‘ting

    Bakalavriat — 2 ta asosiy blok fan bo‘yicha imtihon. Magistratura — mutaxassislik bo‘yicha onlayn suhbat.

  5. 5

    Natija va shartnoma

    Imtihon natijasiga ko‘ra shartnoma SMS orqali yuboriladi. Natijani qabul.aifu.uz orqali kuzating va shartnomani yuklab oling.

Abituriyentlar uchun xizmatlar

Grantlar

Iqtidorli abituriyentlar uchun grantlar

Bu yil AIFUda 260 nafar talaba grant asosida tahsil oladi — umumiy qiymati 5,1 milliard so‘m. Grantlar IELTS, SAT, HSK, Milliy sertifikat, olimpiada va sport yutuqlari hamda DTM (BMBA) natijalari asosida beriladi.

100 balldan — barcha yo‘nalishlarda grant, 180 balldan — 100% grant.

Qabul bo‘yicha savollar

Qanday qilib AIFUga onlayn ariza topshiraman?

“Onlayn ariza topshirish” tugmasini bosing va ochilgan shaklni to‘ldiring. Shaxsiy ma’lumotlar, yo‘nalish va aloqa ma’lumotlarini kiriting, so‘ng tasdiqlang. Arizangiz qabul qilingach, email yoki telefon orqali xabarnoma beramiz.

Qaysi hujjatlar kerak bo‘ladi?

Pasport (ID-karta) nusxasi, attestat/diplom, 3x4 rasm (elektron), aloqa raqami va email. Mavjud bo‘lsa — IELTS/CEFR sertifikati.

Qabul muddatlari qachon?

Qabul 1-iyundan 30-sentabrgacha davom etadi.

Til talablari qanday (IELTS/CEFR)?

Dastur tiliga qarab talab bo‘lishi mumkin. Sertifikat yo‘q bo‘lsa — ichki sinovdan o‘tish mumkin.

Kirish imtihoni bormi?

Yo‘nalishga bog‘liq: test, suhbat yoki portfel baholash bo‘lishi mumkin.

Boshqa OTMlardan o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Ha, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan ko‘chirish mumkin, xorijiy OTMlardan esa qabul qilinmaydi. Ariza faqat vazirlikning transfer.edu.uz platformasi orqali beriladi: platformada ro‘yxatdan o‘tmagan arizalar qabul qilinmaydi. Ko‘chirish yiliga bir marta — yozgi ta’til davrida o‘tkaziladi. Fanlar farqi transkript va sillabuslar asosida aniqlanadi.

Arizam holatini qayerdan bilaman?

Shaxsiy kabinetda ko‘rasiz. Email/SMS orqali ham xabarnoma yuboriladi.

Yosh bo‘yicha cheklov bormi?

Bakalavr uchun qat’iy yosh cheklovi yo‘q. Ayrim dasturlarda alohida talablar bo‘lishi mumkin.

Grant o‘rinlari cheklanganmi?

Ha. Jami 260 ta grant ajratilgan (umumiy qiymati 5,1 milliard so‘m). 100% grantlar soni chegaralangan, 50% grantlar esa har bir mezon bo‘yicha 20 tadan beriladi. Bundan tashqari, har yili bakalavriat talabalari uchun davlat grantlari ham ajratiladi.

DTM (BMBA) natijasi bilan grant olsa bo‘ladimi?

Ha. 100 balldan — bakalavriatning barcha yo‘nalishlarida universitet granti (miqdori ballingizga qarab: 115+ ball — 25%, 145+ ball — 50%), 180 balldan — suhbat asosida 100% grant. 70 balldan esa qayta imtihonsiz qabul qilinasiz.

Ariza qanday topshiriladi?

Ariza onlayn — qabul.aifu.uz tizimi orqali topshiriladi. Dastur, ta’lim tili va shaklini tanlang, hujjatlarni yuklang va kirish testiga yoziling.

Qanday hujjatlar kerak?

Pasport yoki ID-karta, attestat yoki diplom, 3×4 rasm. Til sertifikati bo‘lsa, imtiyoz beradi.

O‘qishni boshqa universitetdan ko‘chirsa bo‘ladimi?

Ha, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan ko‘chirish mumkin, xorijiy OTMlardan esa qabul qilinmaydi. Ariza faqat vazirlikning transfer.edu.uz platformasi orqali beriladi: platformada ro‘yxatdan o‘tmagan arizalar qabul qilinmaydi. Ko‘chirish yiliga bir marta — yozgi ta’til davrida o‘tkaziladi. Fanlar farqi transkript va sillabuslar asosida aniqlanadi.

Bir nechta dasturga ariza bersa bo‘ladimi?

Yo‘q, faqat bitta ta’lim yo‘nalishiga ariza topshirish mumkin.

Grantga qanday ariza topshiriladi?

qabul.aifu.uz orqali hujjat topshiring va grant suhbati uchun ro‘yxatdan o‘ting. Har bir grant mezoniga mos keluvchi abituriyent suhbat asosida tanlab olinadi. Murojaat uchun: +998 78 555 21 21, @aifu_qabul_bot.

Grant olish imkoniyati

2027–2028 o‘quv yili uchun grant arizalari grant.aifu.uz orqali qabul qilinadi.