Bakalavriatga qabul
Maktab, akademik litsey va kollej bitiruvchilari uchun 4 yillik bakalavr dasturlari.
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni har yili 1-iyundan 30-sentabrgacha bo‘lgan oraliqda hujjat topshirishga taklif etadi.
Hujjat topshirish jarayoni
Abituriyentlar AIFU rasmiy veb-sayti(aifu.uz va qabul.aifu.uz) orqali onlayn tarzda yoki universitet binosida shaxsan kelib hujjat topshirishlari mumkin. Quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- Pasport yoki ID karta nusxasi
- Tugallangan o‘rta yoki o‘rta-maxsus ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (attestat yoki diplom)
- 3×4 hajmdagi 4 dona rasm
- Til sertifikati (agar mavjud bo‘lsa)
- Ilova (ballar ko‘rsatilgan)
Kirish imtihonlari
Qabul jarayonida abituriyentlar o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta mutaxassislik fanidan imtihon topshiradi.
1 — Mutaxassislik fani uchun – 30 ta test savoli, har biri 3.1 ball bilan baholanadi
2 — Mutaxassislik fani uchun – 30 ta test savoli, har biri 2.1 ball bilan baholanadi
Imtihonlar abituriyentlar qulayligi uchun onlayn va offline formatda o‘tkaziladi. Natijalar shaffoflik tamoyiliga asoslangan holda e’lon qilinadi.
Imtiyozlar tizimi
AIFU iste’dodli abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagi imtiyozlarni taklif etadi:
Iqtidorli yoshlar uchun
- Xorijiy tillarni (CEFR C1/C2, IELTS 6.5+, TOEFL 90+) yuqori darajada biluvchi abituriyentlar imtihonsiz yoki alohida tanlov asosida qabul qilinishi mumkin.
- Xalqaro va respublika miqyosidagi fan olimpiadalari g‘oliblari va sovrindorlari uchun qo‘shimcha ball yoki imtihondan ozod qilish imkoniyati beriladi.
Grant imkoniyatlari
Bakalavriat uchun grant (Faqat kunduzgi ta’limda tahsil oluvchilar uchun):
- 4 yillik grant 50%lik kunduzgi yo‘nalishlar uchun 40 tadan imtihon asosida saralab olinadi (Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plaganlar saralab olinadi)
- 4 yillik grant 50%lik kunduzgi yo‘nalishlar uchun IELTS 6.5 va undan yuqori bo‘lgan 40 ta abituriyentga beriladi
- 4 yillik grant 50%lik kunduzgi yo‘nalishlar uchun Xitoy tili HSK 3 darajasiga ega yoki yuqori bo‘lgan 40 ta abituriyentlarga beriladi
- 4 yillik grant 50%lik SAT imtihonidan 1200 yoki undan yuqori ball to‘plagan 40 ta abituriyentga beriladi
- 4 yillik grant 50%lik Matematika, Fizika, Ingliz tili fan olimpiada sovrindorlariga – 40 ta
Umumiy bakalavr grantlari: 200 ta 50%lik grant
AIFU har yili o‘zining ichki imkoniyatlari asosida 200 dan ortiq ta’lim grantlarini ajratadi. Ushbu grantlar abituriyentning imtihon natijalari va shaxsiy erishgan natijalariga asoslanadi.
Bundan tashqari, davlat tomonidan ajratiladigan 50 dan ortiq grant o‘rinlari ham mavjud bo‘lib, tanlov asosida eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan abituriyentlarga beriladi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak
- AIFU – bu nafaqat oliy ta’lim maskani, balki har bir yoshing orzulariga qanot beruvchi imkoniyatlar maydonidir.
- Agar siz zamonaviy, sifatli va xalqaro darajadagi ta’limni istasangiz — bugunoq hujjat topshiring!
Kelajagingiz sari eshik oching – AIFU sizni kutmoqda!
Savol-javob
Qanday qilib AIFUga onlayn ariza topshiraman?
“Onlayn ariza topshirish” tugmasini bosing va ochilgan shaklni to‘ldiring. Shaxsiy ma’lumotlar, yo‘nalish va aloqa ma’lumotlarini kiriting, so‘ng tasdiqlang. Arizangiz qabul qilingach, email yoki telefon orqali xabarnoma beramiz.
Qaysi hujjatlar kerak bo‘ladi?
Pasport (ID-karta) nusxasi, attestat/diplom, 3x4 rasm (elektron), aloqa raqami va email. Mavjud bo‘lsa — IELTS/CEFR sertifikati.
Qabul muddatlari qachon?
Qabul 1-iyundan 30-sentabrgacha davom etadi.
Til talablari qanday (IELTS/CEFR)?
Dastur tiliga qarab talab bo‘lishi mumkin. Sertifikat yo‘q bo‘lsa — ichki sinovdan o‘tish mumkin.
Kirish imtihoni bormi?
Yo‘nalishga bog‘liq: test, suhbat yoki portfel baholash bo‘lishi mumkin.
Boshqa OTMlardan o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?
Ha, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan ko‘chirish mumkin, xorijiy OTMlardan esa qabul qilinmaydi. Ariza faqat vazirlikning transfer.edu.uz platformasi orqali beriladi: platformada ro‘yxatdan o‘tmagan arizalar qabul qilinmaydi. Ko‘chirish yiliga bir marta — yozgi ta’til davrida o‘tkaziladi. Fanlar farqi transkript va sillabuslar asosida aniqlanadi.
Arizam holatini qayerdan bilaman?
Shaxsiy kabinetda ko‘rasiz. Email/SMS orqali ham xabarnoma yuboriladi.
Yosh bo‘yicha cheklov bormi?
Bakalavr uchun qat’iy yosh cheklovi yo‘q. Ayrim dasturlarda alohida talablar bo‘lishi mumkin.
Grant o‘rinlari cheklanganmi?
Ha. Jami 260 ta grant ajratilgan (umumiy qiymati 5,1 milliard so‘m). 100% grantlar soni chegaralangan, 50% grantlar esa har bir mezon bo‘yicha 20 tadan beriladi. Bundan tashqari, har yili bakalavriat talabalari uchun davlat grantlari ham ajratiladi.
DTM (BMBA) natijasi bilan grant olsa bo‘ladimi?
Ha. 100 balldan — bakalavriatning barcha yo‘nalishlarida universitet granti (miqdori ballingizga qarab: 115+ ball — 25%, 145+ ball — 50%), 180 balldan — suhbat asosida 100% grant. 70 balldan esa qayta imtihonsiz qabul qilinasiz.
Ariza qanday topshiriladi?
Ariza onlayn — qabul.aifu.uz tizimi orqali topshiriladi. Dastur, ta’lim tili va shaklini tanlang, hujjatlarni yuklang va kirish testiga yoziling.
Qanday hujjatlar kerak?
Pasport yoki ID-karta, attestat yoki diplom, 3×4 rasm. Til sertifikati bo‘lsa, imtiyoz beradi.
O‘qishni boshqa universitetdan ko‘chirsa bo‘ladimi?
Ha, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan ko‘chirish mumkin, xorijiy OTMlardan esa qabul qilinmaydi. Ariza faqat vazirlikning transfer.edu.uz platformasi orqali beriladi: platformada ro‘yxatdan o‘tmagan arizalar qabul qilinmaydi. Ko‘chirish yiliga bir marta — yozgi ta’til davrida o‘tkaziladi. Fanlar farqi transkript va sillabuslar asosida aniqlanadi.
Bir nechta dasturga ariza bersa bo‘ladimi?
Yo‘q, faqat bitta ta’lim yo‘nalishiga ariza topshirish mumkin.
Grantga qanday ariza topshiriladi?
qabul.aifu.uz orqali hujjat topshiring va grant suhbati uchun ro‘yxatdan o‘ting. Har bir grant mezoniga mos keluvchi abituriyent suhbat asosida tanlab olinadi. Murojaat uchun: +998 78 555 21 21, @aifu_qabul_bot.
Ariza topshirishga tayyormisiz?
Ariza qabul.aifu.uz orqali onlayn topshiriladi.
