Asosiy kontentga o‘tish

Yashil universitet

Atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan dastur.

AIFU talabalari universitet hududida ko‘chat ekmoqda

Dastur haqida

Ekologik barqarorlik — universitet qadriyati

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti atrof-muhitni muhofaza qilish hamda barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiq holda «Yashil universitet» tashabbusini izchil amalga oshirib kelmoqda. Dastur doirasida universitet hududida ekologik muhitni yaxshilash, yashil infratuzilmani rivojlantirish va tabiatga ehtiyotkor munosabatni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Talaba yangi ekilgan ko‘chatni sug‘ormoqda

Tashabbuslar

«Yashil universitet» xronikasi

  1. 23.10.2023

    Universitet hududini ko‘kalamzorlashtirish

    Archa, pavlovniya, sosna hamda boshqa manzarali daraxtlar ekildi.

  2. 04.05.2024

    Yozuvchilar bilan daraxt ekish

    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Abdulla Sher, Abdunabi Boyqo‘ziyev va Fozil Jabborov rektor G‘olibjon Botirov va talabalar bilan ramziy daraxt ekishdi.

  3. 15.03.2025

    «Yashil makon» marafoni, Jizzax

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at yig‘ilishi doirasidagi marafonda rektor G‘olibjon Botirov mevali daraxtlar ekdi.

  4. InnoWeek

    Green Tech Hackathon — 3-o‘rin

    GIZ ko‘magidagi «yashil» texnologiyalar musobaqasida Chirchiq o‘quv binosi Turizm yo‘nalishi talabalari Sabina Bobokulova va Sheroza Sayfiddinova 3-o‘rinni egallab, 10 000 000 so‘mlik mukofotni qo‘lga kiritdi.

Fotolavhalar

  • AIFU xodimlari oliy ta’lim muassasalarining daraxt ekish aksiyasida
  • AIFU talabalari universitet hududida ko‘chat ekmoqda
  • Talaba yangi ekilgan ko‘chatni sug‘ormoqda