Asosiy kontentga o‘tish

Savol-javob

Qabul

Qanday qilib AIFUga onlayn ariza topshiraman?

“Onlayn ariza topshirish” tugmasini bosing va ochilgan shaklni to‘ldiring. Shaxsiy ma’lumotlar, yo‘nalish va aloqa ma’lumotlarini kiriting, so‘ng tasdiqlang. Arizangiz qabul qilingach, email yoki telefon orqali xabarnoma beramiz.

Qaysi hujjatlar kerak bo‘ladi?

Pasport (ID-karta) nusxasi, attestat/diplom, 3x4 rasm (elektron), aloqa raqami va email. Mavjud bo‘lsa — IELTS/CEFR sertifikati.

Qabul muddatlari qachon?

Qabul 1-iyundan 30-sentabrgacha davom etadi.

Til talablari qanday (IELTS/CEFR)?

Dastur tiliga qarab talab bo‘lishi mumkin. Sertifikat yo‘q bo‘lsa — ichki sinovdan o‘tish mumkin.

Kirish imtihoni bormi?

Yo‘nalishga bog‘liq: test, suhbat yoki portfel baholash bo‘lishi mumkin.

Boshqa OTMlardan o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Ha, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan ko‘chirish mumkin, xorijiy OTMlardan esa qabul qilinmaydi. Ariza faqat vazirlikning transfer.edu.uz platformasi orqali beriladi: platformada ro‘yxatdan o‘tmagan arizalar qabul qilinmaydi. Ko‘chirish yiliga bir marta — yozgi ta’til davrida o‘tkaziladi. Fanlar farqi transkript va sillabuslar asosida aniqlanadi.

Arizam holatini qayerdan bilaman?

Shaxsiy kabinetda ko‘rasiz. Email/SMS orqali ham xabarnoma yuboriladi.

Yosh bo‘yicha cheklov bormi?

Bakalavr uchun qat’iy yosh cheklovi yo‘q. Ayrim dasturlarda alohida talablar bo‘lishi mumkin.

Grant o‘rinlari cheklanganmi?

Ha. Jami 260 ta grant ajratilgan (umumiy qiymati 5,1 milliard so‘m). 100% grantlar soni chegaralangan, 50% grantlar esa har bir mezon bo‘yicha 20 tadan beriladi. Bundan tashqari, har yili bakalavriat talabalari uchun davlat grantlari ham ajratiladi.

DTM (BMBA) natijasi bilan grant olsa bo‘ladimi?

Ha. 100 balldan — bakalavriatning barcha yo‘nalishlarida universitet granti (miqdori ballingizga qarab: 115+ ball — 25%, 145+ ball — 50%), 180 balldan — suhbat asosida 100% grant. 70 balldan esa qayta imtihonsiz qabul qilinasiz.

Ariza qanday topshiriladi?

Ariza onlayn — qabul.aifu.uz tizimi orqali topshiriladi. Dastur, ta’lim tili va shaklini tanlang, hujjatlarni yuklang va kirish testiga yoziling.

Qanday hujjatlar kerak?

Pasport yoki ID-karta, attestat yoki diplom, 3×4 rasm. Til sertifikati bo‘lsa, imtiyoz beradi.

O‘qishni boshqa universitetdan ko‘chirsa bo‘ladimi?

Ha, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan ko‘chirish mumkin, xorijiy OTMlardan esa qabul qilinmaydi. Ariza faqat vazirlikning transfer.edu.uz platformasi orqali beriladi: platformada ro‘yxatdan o‘tmagan arizalar qabul qilinmaydi. Ko‘chirish yiliga bir marta — yozgi ta’til davrida o‘tkaziladi. Fanlar farqi transkript va sillabuslar asosida aniqlanadi.

Bir nechta dasturga ariza bersa bo‘ladimi?

Yo‘q, faqat bitta ta’lim yo‘nalishiga ariza topshirish mumkin.

Grantga qanday ariza topshiriladi?

qabul.aifu.uz orqali hujjat topshiring va grant suhbati uchun ro‘yxatdan o‘ting. Har bir grant mezoniga mos keluvchi abituriyent suhbat asosida tanlab olinadi. Murojaat uchun: +998 78 555 21 21, @aifu_qabul_bot.

Dasturlar

Qaysi tillarda o‘qitiladi?

Dasturga qarab o‘zbek, rus va ingliz tillarida. Har bir dastur sahifasida mavjud tillar ko‘rsatilgan.

Kontrakt

O‘qish to‘lovi va chegirmalar qanday?

Yo‘nalishlarga qarab kontrakt miqdori farqlanadi. Yuqori natija ko‘rsatganlar uchun chegirmalar va grant dasturlari mavjud.

To‘lovni qanday amalga oshirish mumkin?

Bank orqali, to‘lov tizimlari (Payme/Click) yoki bo‘lib-bo‘lib. Rekvizitlar ariza tasdiqlangach beriladi.

Kontrakt narxi qancha?

2026-2027 o‘quv yili narxlari har bir dastur sahifasida va “Kontrakt narxlari” bo‘limida keltirilgan.

Kontrakt narxi har yili o‘zgaradimi?

Narx har o‘quv yili uchun alohida tasdiqlanadi.

Talabalar

Yotoqxona bormi?

Talabalar uchun yotoqxona va hamkor turar joylar mavjud. Joylar soni cheklangan.

Xalqaro

Xalqaro abituriyentlar uchun talablar qanday?

Pasport, akademik hujjatlar tarjimasi, til sertifikati (mavjud bo‘lsa) va viza bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.

Umumiy

Universitet bilan qanday bog‘lansam bo‘ladi?

+998 78 555 21 21 yoki info@aifu.uz; Telegram va Instagram sahifalarimiz ham bor.

Universitet qayerda joylashgan?

Bosh bino — Toshkent shahri, Olmazor tumani, Oltinsoy ko‘chasi, 1-uy. Shuningdek, Chirchiq shahrida kampus bor.