Maxfiylik siyosati
Umumiy qoidalar
Ushbu Maxfiylik siyosati Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) aifu.uz sayti orqali olinadigan ma’lumotlarni qanday yig‘ishi, ishlatishi va himoya qilishini tushuntiradi. Siyosat O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tuzilgan.
Qanday ma’lumotlar yig‘iladi
- Brauzer va qurilma haqidagi texnik ma’lumotlar (anonim statistika)
- Siz o‘zingiz yuborgan aloqa ma’lumotlari (telefon, email)
- Ariza, test va ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari aifu.uz’da emas, alohida tizimlarda (qabul.aifu.uz va boshqalar) yig‘iladi
Ma’lumotlardan foydalanish
Ma’lumotlar faqat murojaatingizga javob berish, sayt ishini yaxshilash va qonunda belgilangan maqsadlarda ishlatiladi. Uchinchi shaxslarga sotilmaydi.
Saqlash joyi
Shaxsga doir ma’lumotlar O‘zbekiston hududidagi serverlarda saqlanadi.
Huquqlaringiz
Siz o‘z ma’lumotlaringizni ko‘rish, tuzatish yoki o‘chirishni so‘rashingiz mumkin: info@aifu.uz.
