Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talabalari “Bukhara International Mathematics Olympiad – 2026” xalqaro matematika olimpiadasida o‘z bilim va salohiyatini yana bir bor isbotladi.
Individual bahslarda:
Sultonmurotov O‘ktamboy Xushnud o‘g‘li — oltin medal
Babajanov Sardorbek Salamatovich — kumush medal
Jamoaviy bahslarda: AIFU jamoasi kumush medalini qo’lga kiritdi.
Ma’lumot uchun: olimpiadada Ozarbayjon, Hindiston, Iordaniya, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy davlatlaridan 10 dan ortiq xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda mamlakatimizdagi 50 dan ziyod OTM jamoalari ishtirok etishdi!
Jamoamizni nufuzli olimpiadadagi muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz! Bundanda ulkan yutuqlar sizlarga yor bo‘lsin.
☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121