Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, adabiyot sohasidagi Usmon Nosir mukofoti laureati, jurnalistika sohasida “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori, “Do‘stlik” ordeni sohibi To‘lqin Eshbek mehmon sifatida ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda Filologiya kafedrasi mudiri Jumanazar O‘rozov, Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Muzaffar Ortiqov hamda Surayyo Tasheva ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida Navoiy va Bobur ijodidagi yuksak g‘oyalar, ularning madaniyat va adabiyotimizdagi o‘rni, zamonaviy yoshlarga qoldirgan ma’naviy merosi haqida chuqur fikr almashildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarda milliy qadriyat va madaniy merosga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.