Barno Muqimova tomonidan AIFU talabalari uchun ajoyib masterklass!

Kuni kecha universitetimizda o‘zgacha muhit hukmron bo‘ldi. IELTS instruktori Barno Muqimova tomonidan o‘tkazilgan “Neuro-hacks for Learning / IELTS Prep” treningi kutilganidan ham a’lo darajada o‘tdi!

🎓 Talabalarimizning ko‘zlaridagi ishtiyoq va savol-javoblardagi faolligi bizni ham ruhlantirib yubordi. Trening davomida:
— Miya faoliyatini IELTS uchun «sozlash»;
— Xotirani kuchaytirishning ilmiy usullari;
— O‘rganish jarayonini tezlashtiruvchi layfxaklar haqida eng kerakli ma’lumotlarni oldik.

Barno Muqimovaga mahoratli trening va talabalarimizga bergan motivatsiyasi uchun alohida tashakkur bildiramiz!

📸 Treningdan eng qaynoq lahzalarni suratlarda tomosha qiling!

☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121