Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida tahsil olayotgan talaba-qizlar ishtirokida “O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yo‘lidagi davlat islohotlari” mavzusida davra suhbati tashkil etiladi.
Mehmon spiker: Siyosatshunoslik kafedrasi dotsenti, fan doktori Nishanbayeva Enaxon Zaripbayevna
🔴 Davra suhbatida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
— Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni va roli;
— Ayollar faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari;
— Yosh qizlarni liderlik, tashabbuskorlik va jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etishga rag‘batlantirish;
— Mavzu yuzasidan ochiq muloqot va savol-javoblar.
20-fevral (Juma)
12:00
310-xona
Barcha talaba-qizlarimizni ushbu dolzarb va mazmunli uchrashuvda faol ishtirok etishga chorlaymiz!