Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida “O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yo‘lidagi davlat islohotlari” mavzusida uchrashuv tashkil etiladi.
Uchrashuvni Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Lalixon Muhamedjanova kirish so‘zi bilan ochib, bu boradagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Milliy universiteti Siyosatshunoslik kafedrasi dotsenti, fan doktori Nishanbayeva Enaxon Zaripbayevna xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi, gender tenglikni ta’minlash yo‘lidagi huquqiy asoslar va amaliy tajribalar haqida so‘z yuritdi.
Bunday tadbirlar yosh avlod, ayniqsa, xotin-qizlarimizning siyosiy ongi va faolligini oshirish, ularni mamlakat taraqqiyotiga faol jalb etish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Suhbat davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
👉 Bizni kuzatishda davom eting.