Ilmiy g‘oya – amaliy natija – iqtisodiy qiymat

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti delegatsiyasi Bilgiyi Ticarileştirme Merkezi (BTM) hamda İstanbul Ticaret Üniversitesi Texnologiya Transfer Ofisi (TTO)ga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔹 Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish mexanizmlari;
🔹 Patentlash va intellektual mulkni himoya qilish jarayoni;
🔹 Universitet–sanoat hamkorligi modeli;
🔹 Talabalar startaplarini inkubatsiya qilish;
🔹 Innovatsion loyihalarga investitsiya jalb etish.

Mazkur tajriba almashinuvi universitetimizda ilmiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish, tadqiqot natijalarini iqtisodiy qiymatga aylantirish hamda talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

🎯 Universitetimiz maqsadi: Ilm → Innovatsiya → Startap → Investitsiya → Barqaror rivojlanish.

Kelgusida:
— Texnologiya transfer tizimini takomillashtirish;
— Professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun tijoratlashtirish bo‘yicha treninglar;
— Sanoat korxonalari bilan qo‘shma loyihalar;
— Startap ekotizimini rivojlantirish.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti – nafaqat ta’lim beruvchi, balki ilmiy natija yaratib, uni jamiyat va iqtisodiyotga xizmat qildira oladigan zamonaviy universitet sari qat’iy qadam tashlamoqda.

☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121