Universitetimiz delegatsiyasi Bursa Uludağ Üniversitesi Texnokenti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
📌 Tashrif davomida:
Innovatsion startaplar faoliyati,
Universitet–sanoat hamkorligi modeli,
Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish mexanizmlari,
Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan inkubatsiya imkoniyatlari muhokama qilindi.
Texnokent tajribasi shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy universitet faqat ta’lim beruvchi emas, balki innovatsiya va iqtisodiy qiymat yaratuvchi markaz bo‘lishi kerak.
Ushbu uchrashuv kelgusida:
🔹 qo‘shma startap loyihalari,
🔹 talabalar amaliyoti va stajirovkalari,
🔹 ilmiy ishlanmalarni birgalikda tijoratlashtirish
yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ldi.
Universitetimiz uchun xalqaro tajribani o‘rganish va uni amaliyotga joriy etish – strategik ustuvor vazifa hisoblanadi.