Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida adabiy-badiiy uchrashuv

Universitetimizda “Ma’rifatli avlod – Vatan suyanchi” mavzusida adabiy-badiiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir mehmoni — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” va “Turksoy” medallari sohibasi, iste’dodli shoira Farog‘at Xudoyqulova bo‘ldi.

Uchrashuv davomida shoira o‘z ijodi, she’riyatga bo‘lgan muhabbati hamda yoshlar uchun muhim hayotiy fikr va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi. Talabalar esa she’rlar tinglab, qiziqarli savollar bilan faol ishtirok etdilar. ✨

Bunday uchrashuvlar yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitib, adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi.