Hamkorlik so’zda emas, amalda — Çankırı Karatekin Universiteti delegatsiyasi AIFUda!

 

Avval xabar berganimizdek, AIFU va Turkiyaning Çankırı Karatekin Universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

🔥 Mazkur hamkorlikning davomi sifatida — Çankırı Karatekin Universiteti rektori, Prof. Dr. Mevlüt Karataş boshchiligidagi delegatsiya Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga tashrif buyurdi!

🎓 Mehmonlar universitetimiz faoliyati va ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • Qo’shma dasturlar
  • Talabalar almashinuvi
  • Ilmiy loyihalar bo’yicha hamkorlikni kengaytirish

Mazkur masalalar Prof. Dr. Mevlüt Karataş va AIFU rektori professor G’olibjon Botirov tomonidan ko’rib chiqildi.

☎️ Axborot markazi: +99878-555-21-21

👉 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt