🤝 Xalqaro hamkorlik doirasida yangi kelishuv

 

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda İzmir Kâtip Çelebi University o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 Onlayn uchrashuv davomida ikki tomon o’zaro hamkorlikning asosiy yo’nalishlarini belgilab oldi. Izmir shahrida joylashgan mazkur universitet 14 ta fakultet, 3 ta institut va 26 ta ilmiy-tadqiqot markaziga ega.

📌 Memorandum doirasida:
— Talabalar va professor-o’qituvchilar almashinuvi
— Iqtisodiyot, muhandislik, psixologiya va ijtimoiy fanlar bo’yicha qo’shma ilmiy izlanishlar
— Xalqaro konferensiya va seminarlar

💬 Shuningdek, kelgusida qo’shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu hamkorlik ikki hamkor oliygoh talabalari uchun yangi akademik imkoniyatlarni kengaytiradi.

☎️ +998785552121

🔗
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt