Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti professori milliy ta’lim islohotlarida ishtirok etmoqda

 

 

📃 “Tarbiya” fanidan takomillashtirilayotgan Davlat ta’lim standarti (DTS) hamda milliy o‘quv dasturi loyihalari keng qamrovli ekspertlar muhokamasidan o‘tkazildi.

Mazkur nufuzli muhokamalarda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Xazrat Jabborov ham faol ishtirok etdi.

⚡️ Milliy ta’lim islohotlari hamda darsliklarni yaratish jarayonida AIFU professor-o‘qituvchilarining bevosita ishtirok etishi — kelajak avlod tarbiyasi, ma’naviyati va tafakkuriga qo‘shilayotgan muhim hissadir.