

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakili Zoxidov Abdulla Alimovich European Youth Summit 2026 doirasida dunyoning eng nufuzli diplomatik markazi — Jenevada o’tkazilgan xalqaro sessiyalar va institutsional tashriflarda faol ishtirok etdi.
Sammit dasturi doirasida ishtirokchilar Jahon savdo tashkiloti (WTO) binosiga tashrif buyurishdi, BMTning Jeneva bo’limi va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan muloqot qildilar.
Universitetimiz vakili ushbu muhitda sun’iy intellekt va raqamli yechimlar kelajak iqtisodiyoti hamda boshqaruvini qanday o’zgartirayotgani haqidagi fikrlarini ilgari surdi — va xalqaro ekspertlar bilan AI sohasida chuqur savol-javoblar olib bordi.
Jeneva — BMT, JSST va boshqa global tashkilotlar joylashgan dunyo markazi. Universitetimiz vakilining aynan shu maydonda, sun’iy intellekt mutaxassisi sifatida ishtiroki xalqaro e’tirof belgisidir.
✅ Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti — Sun’iy intellekt va innovatsiya bilan xalqaro maydonda.
Jeneva, Shveytsariya
☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Vebsayt