
Mazkur bellashuvda universitetimiz talabalaridan tarkib topgan 20 dan ortiq jamoa ishtirok etib, o‘z bilim, zakovat va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi. Turli yo‘nalishlarni qamrab olgan qiziqarli savollar ishtirokchilardan yuqori tezkorlik va aniqlikni talab qildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra g‘olib jamoalar:
🥇 Amazon
🥈 Oxusliklar
🥉 4ever young
G‘olib jamoalar esdalik kitoblar to‘plami bilan taqdirlandilar. Kelgusi o‘yinlar yanada qiziqarli va keskin bo‘lishini va’da qilamiz hamda barcha jamoalarga omad tilaymiz!
📸 Bellashuvdan tayyorlangan fotoreportajni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: AIFU FOTO
📌 AIFU — bilim va intellekt markazi!