
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyi o‘rtasida rasmiy hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shma faoliyat olib boriladi:
▫️ O‘quv-uslubiy va ilmiy loyihalar;
▫️ Fan olimpiadalari va turli tanlovlar;
▫️ Qo‘shma seminar hamda treninglar;
▫️ Pedagog kadrlar malakasini oshirish;
▫️ Iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ular bilan tizimli ishlash.
Shuningdek, akademik litsey o‘quvchilari uchun universitetda tashkil etiladigan ochiq ma’ruzalar, ilmiy mashg‘ulotlar va turli ma’rifiy tadbirlarda bevosita ishtirok etish imkoniyatlari yaratiladi.
✨ Mazkur istiqbolli hamkorlik ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘zaro tajriba almashish va yoshlarning akademik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.