

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda “Shifu School” xitoy tili markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hamkorlik xitoy tili ta’limini rivojlantirish, akademik salohiyatni oshirish hamda ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida:
— xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etish;
— “Chinese Bridge” va boshqa xalqaro tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rish;
— qo‘shma yozgi lagerlar va madaniy-ma’rifiy dasturlarda qatnashish;
— HSK sertifikati sohiblari uchun grant imtiyozlaridan foydalanish;
— universitetning o‘quv va ilmiy resurslaridan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.
Mazkur memorandum ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
☎️ Axborot markazi: +99878-555-21-21